Toshkentda norozilikka chiqqan ayollar yuzasidan ma’lumot berildi

Toshkentda norozilikka chiqqan ayollar yuzasidan ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Olmaliq tumanida joylashgan “Ammofos-Maxam” AJ tomonidan xodimlar bilan mehnat shartnomasi ommaviy ravishda bekor qilinayotganligi yuzasidan berilgan xabar bo‘yicha Toshkent viloyati Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganishda, jamiyat ishchi xodimlari uchun oziq-ovqat mahsulotlari “Kasanachilikni tashkil qilish xizmati” xodimlari tomonidan yetishtirilishi ma’lum bo‘ldi. Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash sifatini yaxshilash, ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarni optimallashtirish maqsadida jamiyat xodimlarining ovqatlanishini tashkil etish 2021 yil 1 martdan autsorsing shartlari asosida ixtisoslashtirilgan kompaniyaga topshirilgan.

Natijada, Kasanachilikni tashkil qilish xizmati xodimlari bilan mehnat shartnomasini Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismi 1-bandi bilan bekor qilish bo‘yicha ogohlantirish xatlari berilgan.

Holat bo‘yicha jamiyat rahbariyatiga amaldagi qonunchilik normalariga rioya etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!