Toshkentda noodatiy firibgarlik fosh etildi
Toshkentlik 36 yoshli Murod Sadirov (ism-shariflar o‘zgartirilgan)ichki ishlar idoralarining birida 2018 dan 2020 yilga qadar navbatchilik qism haydovchisi bo‘libishlagan. U tirikchilikning to‘g‘ri yo‘lini tanlamay firibishga qo‘l urdi. Ya’ni, o‘z tanishlarini chuv tushirib,ulardanfoydalandi.
Bir kuni tanishi Qosim O‘rinov bilan o‘zaro suhbatda uning2018 yilda bankdan kredit asosida “Nexia-3” avtomashina olganligini, lekin kredit to‘lovlari uni qiynayotganligisababli qarz berib turishni so‘raganidan foydalanib, ungapuli yo‘qligini, lekin kredit asosida maishiy texnika olib, ularni sotib naqd pul ishlab olish taklifini aytadi.
Bu taklif do‘stiga yoqib tushadi.
-Menga ham yo‘l-yo‘riq ko‘rsat, men ham pul ishlab olaydeydi.
Shundan so‘ng ikkisi poytaxtdagi “Media park”, “Texnopark”, “Zamin market” kabi do‘konlardan kredit asosidamaishiy texnika ya’ni, televizor, mikro to‘lqinli pech, telefon, avtomashina uchun ehtiyot qisimlar fara, pult, antiradar va shu kabi texnikalarni olib o‘zini nomigahamda Q.O‘rinovning nomiga rasmiylashtiradi.
Tovarlarni “Abu-Saxiy”, “Malika” bozorlariga olib boribnaqd pulga sotishadi. Pullarni teng o‘rtada bo‘lib, o‘zehtiyojlari uchun sarflaydi.
Ikki do‘stning bu tarzda soqqa ishlayotganini eshitgan yana bir tanishi Temur Ablazov ham Murodga ipoteka asosida uyxarid qilganligi va uy to‘lovlarini to‘lashdaqiynalayotganligini yozg‘iradi.
-Senga ham yordam beraman, evaziga olingan foydadan mengaham berasan.
- Mayli roziman.
Shundan so‘ng ikkisi yuqorida nomlari keltirilgando‘konlarga borib T.Ablazov nomiga kredit rasmiylashtirashdi. Maishiy texnika olishadi va ularnisotib, foydani arra qilishadi.
M.Sadirov bundan tashqari G.Aliyev va I. Iskandarovga hamxuddi shunday bankdan kredit rasmiylashtirib, tovar olibsotib foydasidan manfaat ko‘radi.
Vaqt o‘tib, olingan kreditlar summasini yopish paytikeladi. Ammo kreditlar bankka o‘z vaqtida qaytarilmaydi. Ish sudgacha yetib keladi.
Sud jarayonida M.Sadirov tanishlari Q.O‘rinov bilanbirga olingan kreditlari summasi taxminan 60 mln. so‘m,T.Ablazov taxminan 40 mln so‘m, G. Aliyevning nomiga 80mln so‘mlik maishiy texnikalar olinganligini bayon qildi.
Q.O‘rinov, T.Ablazov, G.Aliyev texnikalarni qo‘shimcharavishda olib bermasliklarini ma’lum qilganlaridanso‘ng, ularga tilxat yozib berishga majbur bo‘ladi.
Q.O‘rinovning nomiga olingan maishiy texnikalarni“Malika savdo majmuasi”ga Q.O‘rinovning avtomashinasidaolib borib a naqd pulga sotganligini, mazkur maishiytexnikalar o‘ziga tegishli ekanligini, T.Ablazovningnomiga olingan barcha maishiy texnikalarni ham “Malika”savdo majmuasiga borib, uning o‘zi bilan birgalikdasotganligini bildirdi.
G.Aliyevning nomiga olingan maishiy texnikalarni esabirgalikda “Malika savdo majmuasi”da sotishganligini, u sotilgan pullarning bir qismini G.Aliyevga berganligini, qolganini o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatganligini, hammaning kreditini yopish uchun do‘stlariga tilxat yozibberganligini, unga ko‘ra ular yana kreditga maishiy texnika olib berishi, u esa mazkur texnikalarni sotib ularningpulini kredit pullariga to‘lashi kerak edi.Ammo unday bo‘lmadi.
Xullas, sudda M. Sadirovning aybi bilinib qoldi. Garchisudlanuvchi M.Sadirov o‘z aybiga qisman iqror bo‘libko‘rsatuv bergan bo‘lsa-da, uning aybi guvohlar va to‘plangandalillar yig‘indisi bilan o‘z isbotini topdi.
Jabrlanuvchi Q.O‘rinov sud majlisida sudlanuvchidan 112 mln so‘m undirib berishni so‘ragan bo‘lsa , T.Ablazovaybdordan 54 mln so‘m undirib berishni talab qildi.
Sud M.Sadirovni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodiretganlikda aybli deb topdi.Unga JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan JK ning 57-moddasi 2-qismini qo‘llab, 5 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Shu tariqa o‘z nafsini o‘ylagan firibgar qilmishiga yarashajazo oldi.
Muzaffar Kukiyev,
Toshkent shahar sudi
jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi
