Toshkentda maktab qizlari o‘zidan katta qizni yerto‘lada kaltaklashdi — video

Toshkentda maktab qizlari o‘zidan katta qizni yerto‘lada kaltaklashdi — video

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta qizlar boshqa qizni do‘pposlashayotgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, videoda aks etgan voqea 25 aprel kuni taxminan soat 15:00 larda Shayxontohur tumani "Samarqand darvoza" MFY Uchlola ko‘chasi 4-uyning yerto‘la qismida sodir bo‘lgan.

Aniqlanishicha, shu tumandagi 82-sonli umumta’lim maktabi 7-sinf o‘quvchisi S.S. dugonalari CH., S., T. va G.lar bilan birga shu maktabning 8-sinf o‘quvchisi K.M.ni do‘pposlashgan hamda tasvirga olingan videoni o‘zining Instagram'dagi sahifasiga joylab tarqatgan.

Holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB xodimlari tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!