Toshkentda Lacetti yo‘l chetida turgan olti nafar piyodani bosib ketdi, ularning ikki nafari vafot etgan

Toshkentda Lacetti yo‘l chetida turgan olti nafar piyodani bosib ketdi, ularning ikki nafari vafot etgan

Joriy yil 4 dekabr kuni taxminan soat 06:15 larda Uchtepa tumani Farhod ko‘chasi 2-uy ro‘parasida 1996 yilda tug‘ilgan R.I. boshqaruvidagi davlat raqami 01 O 992 DA bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Ya’ni 1982 y.t. A.A. boshqaruvidagi davlat raqami 01 R 918 VB bo‘lgan Nexia-3 rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, olti nafar piyodani ham urib yuborgan, so‘ng yo‘l chetida harakatsiz turgan 1995 y.t. M.V. boshqaruvidagi davlat raqami 01 J 658 NA bo‘lgan Matiz rusumli avtomashina bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida Lacetti haydovchisi hamda to‘rt nafar piyoda (1974 y.t. N.S., 1986 y.t. M.U., 1987 y.t. YU.SH., 1994 y.t. E.M.) turli darajadagi tan jarohatlari bilan RSHTYOIMga yotqizilgan.

Ikki nafar piyoda (1960 y.t. Q.X., 1982 y.t. G.F.) olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.

Unutmang, sizning birgina xatoingiz boshqalarning hayotiga ham nuqta qo‘yishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!