Toshkentda kelin qaynonasini o‘ldirish uchun yillar davomida ovqatiga zaharli modda qo‘shib kelgani ma’lum bo‘ldi

Toshkentda kelin qaynonasini o‘ldirish uchun yillar davomida ovqatiga zaharli modda qo‘shib kelgani ma’lum bo‘ldi

Toshkent shahrida yashovchi ayol kelini bergan ovqatdan shubhalanib, uni ekspertizaga berdi. Bu haqda Hadicha Sulaymonova nomidagi respublika sud ekspertiza markazi ma’lumotlariga tayanib, «Zamon.uz» xabar berdi.

Markaz mutaxassisining qayd etishicha, tekshiruv davomida kelin qaynonasining joniga qasd qilish maqsadida uning ovqatiga zararli modda va shisha bo‘laklarini solib kelgan.

«Shu ovqatdan mening shubham bor. Kelinim ovqat olib keldi, ammo ichgim kelmadi. Ichki tuyg‘um tekshirtir, ichida biror narsa yo‘qmikan, degan xulosaga undadi.

Kelin qaynonasini o‘ldirish uchun yillar davomida suyuq ovqatga kam-kamdan modda qo‘shib kelib yurgan. Ma’lum bir vaqt o‘tgandan keyin uning ahvoli yomonlashgan, kasalxonaga tushgan.

U yerda oxirgi yegan ovqatini tekshirish tavsiya qilingan. Ayolning oshqozonidan olingan ovqat qoldig‘i tibbiy-ekspertizaga yuborilgan. Ekspertizada odam organizmiga ziyon keltiruvchi modda hamda shishaning mayda siniqlari topilgan», deydi Raqiya Ahmedova.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, uzoq yillik faoliyati davomida oziq-ovqat ekspertiza ortidan jinoiy holatlar kelib chiqqaniga ko‘p marta guvoh bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!