Toshkentda Isuzu yuk mashinasining gaz balloni portlab ketdi

Toshkentda Isuzu yuk mashinasining gaz balloni portlab ketdi

Hodisa oqibatida yana bir nechta Isuzu yuk mashinasiga zarar yetgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, 2022 yil 23 iyun kuni soat 13:55 larda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani, SH.Rustaveli 1-tor ko‘chasi, 6-uyda joylashgan “HAVAS FOOD” MCHJga tegishli bo‘lgan avtoturargohda turgan Isuzu yuk mashinasining gaz balloni portlagan.

Oqibatda, yuk mashinasi jiddiy shikastlangan. Shuningdek, portlash zarbi tufayli avtoturargohda turgan yana bir nechta Isuzu yuk mashinasiga zarar yetgan.

Qayd etilishicha, hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan.

SamAuto korxonasining ma’lum qilishicha, avtozavod tegishli davlat idoralari bilan birgalikda hodisa sabablarini o‘rganmoqda.

«Texnik guruh dastlabki ekspertizani o‘tkazish va portlashlar sabablarini aniqlash uchun ichki ishlar organlariga surishtiruv ishlarida ko‘mak berish uchun voqea joyiga jo‘nab ketdi», deyiladi SamAuto korxonasi ma’lumotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Bildirilgan fikrlar (2 )

    N F M
    Gaz balon bombayu turishi
    Avto usta
    Kapronni otmen qilib soqqani qilyapti faqat, temir balon askolka bo‘b bo‘linadi, kapron balon bo‘ganda boshi yo oxirisi ochilib qogan joyga shikast yetmasdi