Toshkentda fermer xo‘jaligiga tegishli 1,97 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonida uy-joylar qurilayotgani aniqlandi

Toshkentda fermer xo‘jaligiga tegishli 1,97 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonida uy-joylar qurilayotgani aniqlandi

Tabiiy resurslarga egalik qilish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasi bilan tartibga solinadi. Shuningdek, sug‘oriladigan yer uchastkalarini o‘zboshimcha egallab olish va u yerda qurilish ishlari olib borilgan holatda BHMning 450 dan 600 baravarigacha jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llaniladi.

Toshkent shahar Bektemir, Sergeli, Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek va Yangihayot tumanlariga sug‘oriladigan yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallanishining oldini olish, yerlardan foydalanishni tashkil etish va muhofaza qilish sohasida samarali davlat nazoratini amalga oshirish yuzasidan nazorat tartibida o‘rganish o‘tkazildi.

Bu haqda “O‘zagroinspeksiya” matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘rganishlar natijasida Toshkent shahar Bektemir tumani "Zabardast" MFY hududidagi “Izzatilla Agro” fermer xo‘jaligiga tegishli 1,97 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonlari 42 ta holatda, 42 nafar fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, beton poydevorlar, pishgan g‘ishtlar bilan o‘rab, uy-joylar qurish ishlari amalga oshirilayotgani aniqlandi.

Buning natijasida tuproqning unumdor qatlamiga zarar yetkazilgan. Ushbu “Izzatilla Agro” fermer xo‘jaligining 1,97 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonida yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishi natijasida yetkazilgan zarar 1 milliard 348 million 265 ming 819 so‘mni tashkil qiladi.

Yuqoridagi “Izzatilla Agro” fermer xo‘jaligiga tegishli 1,97 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonlarida aniqlangan holatlarni bartaraf etish yuzasidan prokuratura organlariga ma’lumot taqdim etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!