Toshkentda erkak MIB xodimiga boshi bilan zarba berdi. Sababi ma’lum

Toshkentda erkak MIB xodimiga boshi bilan zarba berdi. Sababi ma’lum

Ijtimoiy tarmoqlardan “Telegram Yulduzlari” rasmiy telegramm kanalida “Yana MIB xodimi kaltak yedi” sarlavhasi bilan “Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan xabar o‘rganildi.

Aniqlanishicha, Majburiy ijro byurosi Yunusobod tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 10.03.2021 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor fuqaro B.R. dan undiruvchi D.M. qizi foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti uchun qarzdorning har oylik ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qism miqdorida aliment hamda ushbu sudning 23.03.2021 yildagi ijro varaqasiga asosan farzandi uch yoshga to‘lgunga qadar har oyda mehnatga xaq to‘lashning eng kam 1/4 baravari miqdorida moddiy ta’minot undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.
Mazkur aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjati yuzasidan joriy yilning 27 fevral kuni qarzdor fuqaro B.R. bo‘lim davlat ijrochisi A.Nosirov tomonidan Byuroning Yunusobod tuman bo‘limiga chaqirtirilgan va qarzdor fuqaro davlat ijrochisidan aliment hamda moddiy ta’minot pullarini hisoblab berishni so‘ragan.

Davlat ijrochisi qarzdor B.R. dan aliment hamda moddiy ta’minot pullarini to‘laganligini tasdiqlovchi hujjat so‘raganda, taqdim qilishdan bo‘yin tovlagan.

Shundan so‘ng, Byuroning Yunusobod tuman bo‘limi binosi tashqarisida fuqaro B.R. davlat ijrochisiga haqoratli so‘zlar ishlatib, qo‘pol muomalada bo‘lgan va boshi bilan uning bosh qismiga zarba bergan, vaziyatni bartaraf etish maqsadida, bo‘lim davlat ijrochisi SH.Abdukarimov qarzdor B.R va A.Nosirov ajratgan.

Holatni o‘rganish davrida, fuqaro B.R. davlat ijrochiga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lganligini tan olib, undan kechirim so‘ragan, o‘z navbatida, davlat ijrochisi A.Nosirov ham unga nisbatan da’vosi yo‘qligini bildirib, o‘zaro yarashganligini bildirgan.

Majburiy ijro byurosining
Toshkent shahar boshqarmasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!