Toshkentda beshta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Jabrlanganlar yo‘q!

Toshkentda beshta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Jabrlanganlar yo‘q!

Yashnobod tumanida beshta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, 17 oktyabr kuni soat 10:45da 102 raqamiga Yashnobod tumanidagi Kichik xalqa avtomobil yo‘lida beshta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berganligi haqida xabar kelib tushdi.

IIBB matbuot xizmatiga ko‘ra, "Mercedes-Benz" rusumli avtomobil haydovchisi 40 yoshli Baxtiyor A. svetoforning taqiqlovchi signaliga to‘xtagan.

Biroq masofa saqlanmaganligi tufayli quyidagi avtomobillar ishtirokida birin ketin to‘qnashuvlar yuz bergan: "Neksiya" rusumli avtomobilda harakatlanib borgan 32 yoshli Zoir I., "Kobalt" rusumli avtomobilda 50 yoshli Saydulla SH., "Kaptiva" rusumli avtomobilda 19 yoshli Jahongir A. va "Neksiya" rusumli avtomobilda 56 yoshli Mirahmad A. Voqea sababli hech kim jabr ko‘rmadi.

“Hurmatli haydovchilar! Unutmang, zarur bo‘lganda muammosiz to‘xtashga imkon bo‘ladigan tezlikda masofa saqlagan holda harakatlanishingiz kerak. O‘zingizni ehtiyot qiling! Sizning sog‘lig‘ingiz hamda avtomobilingizning butunligi o‘z qo‘lingizdadir”, - deyiladi IIBB xabarida.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!