Toshkentda ayollarni Olmaotaga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun sotmoqchi bo‘lganga hukm o‘qildi

A A A
Toshkentda ayollarni Olmaotaga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun sotmoqchi bo‘lganga hukm o‘qildi

“O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas”, degan naql qanchalik haqiqat ekaniga quyidagi voqea sabab, yana bir karra amon bo‘lsangiz ajabmas. Biroq shuni ham unutmaslik kerakki, sayoq yursang, tayoq yeysan. “Qahramon”imizning o‘zi qiz farzandni tarbiya qila turib, qo‘lning kiri bo‘lgan pul uchun onalik va ayollik nomiga dog‘ tushirgani kishini o‘yga toldiradi...

Toshkent shahar IIBB TEQKB va Yashnobod tumani IIO FMB TEQKB tezkor xodimlari tomonidan ikki nafar ayolning arizasiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi. 33 yoshli ayol aldov yo‘li bilan ikki nafar tanishining ishonchiga kiradi. Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahridagi tanishlarini oldiga yuborib, dastlab ularga 250.000 tenge miqdorida majburiy ishlab berish, so‘ng har bir “mijoz”ni qabul qilgani uchun 10.000 tengeni tanishiga topshirish va topshirilgan pul miqdorini teng ikkiga bo‘lish va’dasida fohishalik bilan shug‘ullanishlariga ko‘ndiradi. Ikki ayolni Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan “G‘ishtko‘prik” chegara maskani orqali yuborayotgan vaqtida ushlangan. Bu haqda Toshkent shahar sudining Jamoatchilik va OAV bilan hamkorlik bo‘yicha bosh konsultanti Sadoqat Allaberganova xabar qildi.

“QILMISHIMDAN CHIN KO‘NGILDAN PUSHAYMONMAN”

Sudlanuvchi sud majlisida aybiga to‘liq iqrorlik bildirdi...

— Taxminan 7 oydan buyon fohishalik bilan shug‘ullanaman. Shu maqsadda 2 marotaba Qozog‘istonning Olmaota shahriga borib kelganman. U yerda menga bir ayol qo‘shmachilik qilgan. Fohishalik qilib yurgan vaqtimda boshqa fohisha qizlar o‘zlari bilan tanishlarini olib kelib, u ayolga topshirganida, ularga qanchadir miqdorda pul berganini ko‘rganman. Keyin O‘zbekistonga qaytganimda bir ayol bilan tanishib qoldim. U ham fohishalik bilan shug‘ullangan. Unga Qozog‘istonga borib fohishalik qilishni taklif qilganman. Pulga muhtoj bo‘lgani sababli, tanishlarimni qo‘shmachi ayolga fohishalikka olib borishni, o‘zim ham fohishalik qilishimni va polisiyaga to‘lanishi lozim bo‘lgan puldan ozod bo‘lib, qizlarni olib borganimdan daromad olishimni o‘yladim. Tanishimning uyiga borib, unga Qozog‘istonga ketayotganimni, unga ham borishni taklif qilib, u yerda fohishalikdan oyiga 1000 AQSh dollarigacha topishi mumkinligini aytib qiziqtirdim. Shuningdek, unga dastlab 250.000 tenge badal pulini ishlab berishi kerakligi, so‘ng har bir mijozdan 5000 tenge, 1 soatlik “xizmat”dan 10.000 tenge olishi hamda ushbu ishlangan pulni yarmini o‘ziga olishini, kuniga 50.000 tenge ishlashi kerakligini tushuntirdim. Shu vaqtda tanishimning dugonasi kelib qoldi. U dugonasiga ham Qozog‘istonda fohishalik qilishni taklif qildi. Bungacha 15 nafar qizni Qozog‘istonga jo‘natib yuborganimni aytdim. Aslida bu gaplarni ularni qiziqtirish uchun aytgandim. Shundan so‘ng ikkovi rozi bo‘lishdi. Vaqtni belgilab, Qozog‘istonga ketishni rejalashtirdik. Ertasi kuni tanishimning uyida yig‘ildik va Toshkent tumanidagi chegara postga bordik. Ikkoviga chegarachi xodimlarda shubha uyg‘otmaslik uchun alohida-alohida bo‘lib o‘tishlarini, o‘zim esa ularning ortidan o‘tishimni aytdim. So‘ng men ichki ishlar organi xodimlari tomonidan ushlandim. Qilmishimdan chin ko‘ngildan pushaymonman, qilmishining oqibatini anglab yetgandim. Boshqa bu holatni takrorlamaslikka va’da beraman. Qaramog‘imda 11 yoshli qizim borligini inobatga olib yengil jazo tayinlashni so‘rayman.

“TOSHKENT SHAHAR IIBBGA ARIZA BERDIK”

Jabrlanuvchilardan biri esa sudda quyidagilarni bayon qildi...

— U ayol bilan 2019 yilning yoz oylaridan buyon tanishmiz, bir necha marotaba Qozog‘istonga borib, fohishalik bilan shug‘ullangan. Meni ham bir necha marotaba shu yo‘ldan yurishga ko‘ndirishga harakat qilgan, lekin Qozog‘istonga borib “ishlash”dan qo‘rqqanman. U uyimga kelib, yana Qozog‘istonga ketayotganini aytib, birga borishni taklif qildi. Qiziqib, qancha pul topishim mumkinligini so‘radim. Bir “mijoz”dan 5000 tenge olinishi, kuniga 50.000 tenge “plan” berishim kerakligini aytdi. Koreys millatiga mansub bo‘lganim sababli Qozog‘istonda menga talab ko‘p bo‘lishini aytib qiziqtirdi. Shu payt dugonam ham uyimga keldi. U ikkovimizni ko‘ndirishga harakat qildi. Dastlab Qozog‘istonga borilganda mahalliy polisiyani ko‘ndirish uchun 250.000 tengedan pul berish kerakligi, so‘ng ishlab topgan pullarni teng ikkiga, ya’ni yarmi qo‘shmachi ayolga, qolgan yarmi o‘zimizga qolishini aytdi. Taklifga rozi bo‘lib, ertasi kuni yana uyimda yig‘ilishdik. U bilan bo‘lgan so‘zlashuvlarni telefonimga yozib oldim. Shu kuni kech soatda dugonam menga qo‘ng‘iroq qilib, “tanishingning harakatlaridan shubhalanayoyapman. Odam savdosi qurboni bo‘lishimiz mumkin”, deb qoldi. Keyin ikkalamiz kelishib, tanishimning xatti-harakatlari yuzasidan chora ko‘rish haqida Toshkent shahar IIBBga ariza berdik...

Baxriddin IKRAMOV, jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi sudyasi:

— Sudlanuvchi JKning 135-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan JKning 57-moddasini qo‘llab, oylik ish haqining yigirma foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 3 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

O‘zbekistonliklar va turkmanistonliklarning qarshiligiga qaramay Rog‘un GES qurilishi davom etadi

Жаҳон банки шикоятни рад этишни ички қоидаларга асослаган

Turkiya Rossiyadan sotib olingan S-400 zenit-raketa majmualarini qaytarmoqchi

Вашингтон Анқарадан Россия ҳарбий техникасидан воз кечишни талаб қилмоқда.

Qobiljonni kim o‘ldirdi? Rossiyada sodir etilgan mudhish qotillikning asl aybdori aytildi

16 декабр куни Тожикистон фуқароси, 10 ёшли Қобилжон Алиевнинг Москва вилоятидаги мактабда 9-синф ўқувчиси Тимофей К. томонидан пичоқлаб ўлдирилгани Россияда миллатчилик кайфияти тобора кучайиб бораётганини тасдиқлагандек бўлди.

Yurtimizda adolat peshvolari pora bilan qo‘lga tushdi

Ҳозирда учала адвокатга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 3-қисми “в” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Gvardiola Husanov sariq kartochka olgan vaziyat haqida fikr bildirdi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Брентфорд» устози Кейт Эндрюснинг биринчи бўлимида Абдуқодир Ҳусанов майдондан четлатилиши керак эди, деб ҳисоблаётгани ҳақида ўз фикрларини билдирди.

Putin Ukrainaga dahshatli ogohlantirish berdi

Бу ҳақда The Daily Express нашри хабар берди.

AQSh Tayvanga 10 mlrd dollardan ortiq qiymatda qurol sotishini e’lon qildi

АҚШ маъмурияти Тайванга умумий қиймати 10 миллиард доллардан ошадиган йирик қурол-яроғ пакети сотилишини маълум қилди.

Kirkukda toshqin sabab 300 oila uy-joyini tark etdi

Ироқнинг Киркук шаҳрида 9 декабрь куни ёққан кучли ёмғирлар оқибатида юзага келган тошқин сабаб 300 оила ўз уй-жойини ташлаб чиқишга мажбур бўлди.

Isroil Suriyadagi okkupasiyaga qaramay Damashq bilan kelishuv istagini bildirdi

Исроил Сурия ҳудудининг бир қисмини оккупация қилиб турганига қарамасдан, Дамашқ ҳукумати билан хавфсизлик масалалари бўйича келишувга эришишга интилаётганини билдирди.

«Yaqin Sharqqa so‘nggi 3000 yil ichida ilk bor tinchlik olib keldim» – Tramp

АҚШ президенти Дональд Трамп миллатга қилган навбатдаги мурожаатида ўз маъмурияти фаолиятини юқори баҳолаб, мамлакатдаги мавжуд муаммолар учун собиқ президент Жо Байден бошчилигидаги демократларни айблади. Тахминан 20 дақиқа давом этган чиқишида у иқтисод, хавфсизлик, миграция ва ташқи сиёсат масалаларига тўхталиб ўтди.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.