Toshkentda 152-sonli yangi avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi

Toshkentda 152-sonli yangi avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi

1 fevral kunidan boshlab Toshkent shahri bo‘ylab 152-sonli Chorsu savdo markazi ASHB—Moliya akademik liseyi yangi bog‘lovchi avtobus yo‘nalishi harakati tashkill etildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar qildi.

Qayd etilishicha, Chorsu savdo markazidan Navoiy, Abay, Zulfiyaxonim, Labzak, KHAY, Ziyolilar, Do‘rmon yo‘li, Bog‘ishamol, Gulshan, Zarbuloq ko‘chalari orqali Moliya akademik liseyiga qadar boriladi. Qaytish yo‘nalishida liseydan Zarbuloq, Ozodlik, Namangan, THAY, Bog‘ishamol, Do‘rmon yo‘li, Ziyolilar, KHAY, Labzak, Zulfiyaxonim, Abay, Mavoiy, Samarqand Darvoza, Navoiy ko‘chalari orqali Chorsu savdo markaziga qadar qatnaydi.

Yo‘nalish soat 5:30 dan 22:30 gacha harakatlanishi belgilangan. Mazkur yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish huquqi vaqtinchalik navbatdagi tenderga qadar jamiyatning “8-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan. Yo‘nalishdagi jadvallar soni Isuzu avtobuslari asosida:

  • ish kunlariga 5 ta;
  • shanba kunlariga 4ta;
  • yakshanba kunlariga 3 ta etib belgilangan.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!