Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida "Hind madaniyati kuni" bo‘lib o‘tadi

Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida "Hind madaniyati kuni" bo‘lib o‘tadi

29 sentyabr kuni qayta ta’mirlangan Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida (sobiq «Panorama») hind madaniyati kuni o‘tkaziladi.

Tadbir mehmonlari sirli Hindiston atmosferasi va sharqona lazzatni his etish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘lishadi.

Madaniyat kunida Tim Kari, Minas connect kabi zamonaviy musiqa san’ati ustalari, Matlyuba show, Gulbahor dance show guruhlari, shuningdek, ajoyib xonandalar Zara va Gita Monk ishtirok etadi.

Mehmonlarni taniqli guruhlar ijrosidagi yorqin hind raqslari, esdalik sovg‘alari va o‘z ishining ustalari tayyorlagan ajoyib mazali taomlar kutmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!