Toshkent shahriga kirib keluvchi yo‘lovchi transportlar uchun avtoturargohlar tashkil etiladi

Toshkent shahriga kirib keluvchi yo‘lovchi transportlar uchun avtoturargohlar tashkil etiladi

“Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5260-son, 16.10.2021 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga muvofiq, “Toshkent metropoliteni” UK “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibidan Transport vazirligi tizimiga o‘tkazilib, “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasiga o‘zgartirildi.

📝 “Toshkent metropoliteni” DUK boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda transport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi.

🔘 “Toshkent metropoliteni” DUK 2024 yil 1 yanvargacha respublikada ishlab chiqarilmaydigan va tegishli ro‘yxat bo‘yicha import tovarlarni olib kirishda bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladi.

➡️ 2022 yil 1 iyulgacha 7 ta metro bekatida (Beruniy, Chorsu, Paxtakor, Olmazor, Turkiston, Qo‘yliq bozori, Chilonzor) transport o‘tish bog‘lamalari;

➡️ 2022 yil 1 oktyabrgacha Toshkent shahriga kirib keluvchi yo‘lovchi transportlar uchun 6 ta metro bekati (Turkiston, Yunusobod, Chilonzor va yer usti halqa liniyasining 3, 4 va 5-bekati) atrofida avtoturargohlar tashkil etiladi.

📲 2022 yil 1 yanvardan quyidagi ma’lumot va xizmatlarni o‘z ichiga oluvchi mobil ilova ishga tushiriladi:

➖ metropoliten yo‘nalishlari (ularning qurilishi bo‘yicha ma’lumotlar);
➖ bekatlar (ular atrofida joylashgan ob’ektlar va jamoat transporti yo‘nalishlari);
➖ poyezdlar harakati jadvali;
➖ elektron to‘lov.

🌐 2022 yil 1 aprelgacha yer usti halqa metro bekati yo‘nalishida yo‘lovchilar uchun bepul WI-FI tizimi bilan bog‘lash va yer osti metro bekatlarida mobil aloqa operatorlari xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari yaratiladi.

📋 Qaror bilan shuningdek, 2021–2023 yillarda Toshkent metropolitenida yo‘lovchi tashish va poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!