Toshkent shahridan tarixiy ko‘za topildi

Toshkent shahridan tarixiy ko‘za topildi

Toshkent shahri Yashnobod tumanidan tarixiy ko‘za topildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Toshkent shahar prokuraturasi va shahar madaniy meros boshqarmasi xodimlari tomonidan poytaxtdagi madaniy meros ob’ektlarini monitoring qilish jarayonida tarixiy ko‘za topilganini ma’lum qilgan. Toshkent viloyatidan (Qibray tumanining bir qismi) Toshkent shahriga (Yashnobod tumaniga) o‘tgan qismida joylashgan “To‘qay tepa” arxeologik yodgorligidan topilgan.

Ko‘za o‘lchamlari: balandligi 80 sm, diametri 188 sm bo‘lib, yaxshi holatda saqlangan.

Topilma belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, O‘zbekiston davlat tarixi muzeyiga topshirildi. Hozirda muzey ilmiy xodimlari tomonidan ushbu tarixiy topilmaning yasalgan davri aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!