Toshkent shahrida tirbandlikni oldini olish uchun qanday ishlarni amalga oshirish ko‘zlangan?
Kuni kecha Toshkent shahrida kuzatilgan 10 ballik tirbandlik holatlari anchagina kamaygan bo‘lsa da poytaxtdagi tirbandliklar masalasi ham hali hanuz kun tartibidan tushgani yo‘q. Ayniqsa kunning tig‘iz paytlari shaharning bir qator ko‘chalarida turnaqator tirbandliklar kuzatilib turibdi.
Shu ka’bi holatlarni ko‘rib Toshkent shahri ham yirik megapolislar singari trafikni boshqarish muammosiga duch kelayotganligini anglab yetish mumkin.
To‘g‘ri hozirgi kunda poytaxtimizdagi harakat va tirbandliklar Moskva, London, Nyu-York va boshqa katta shaharlaridan ancha yahshiroq bo‘lishi mumkin. Ammo mazkur masalani yechimiga qaratilgan ishlar tezkor ravishda amalga oshirilmasa Toshkentning aholisi sanab o‘tilgan shaharlardan kam bo‘lsada unda kuzatilatgan tirbandliklar ulardagidan o‘tib ketishi mumkin.
Misol tariqasida, bugungi kunda Toshkent shaxrida 5 mln. axoli bo‘lib, uning soni yiliga 100 mingtaga, mavjud 760 ming avtotransport, yiliga 76 mingtaga ortib bormoqda.
Aholining kunlik harakatlanishga bo‘lgan ehtiyoji
9 mln. tashkil etib, undan 3 mln. piyoda harakatlanish, 6 mln. esa transportda xarakatlanishga to‘g‘ri keladi.
Transportda xarakatlanishning 25%, yani 1,5 millioni avtobus, metro va mikroavtobuslarda, qolgan 4,5 millioni, shaxarda kun davomida xarakatlanadigan bir million (760 mingta doimiy ro‘yxatdagi va 240 mingta kunlik kelib ketuvchi) avtotransportda amalga oshiriladi.
Yuqoridagi sabablar, yo‘l ta’mirlash ishlari xamda transport oqimini samarali boshqaruv tizimi yo‘qligi, tirbandliklarda xarakat tezligi 7 km/soatgacha tushub ketishi, axolining yo‘lga sarflaydigan vaqti bundan 3 - 4 yil oldingiga nisbatan qariib ikki barobarga ortgani, buning ortidan sekin xarakatlanayotgan transportlarning ortiqcha yoqilg‘i sarfi va zararli gazlarni chiqarishi natijasida, iqtisodiy yo‘qotishlar va mamlakatimiz ekologiyasiga zarar ham ortib bormoqda.
Aholini kunlik harakatlanishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, bunda yo‘lga sarflanadigan vaqt va moddiy resurslar samaradorligini oshirishga, jaxon tajribasiga ko‘ra, sifatli, qulay, xavfsiz va jozibador jamoat transporti tizimini joriy etish orqali erishiladi.
Shu nuqtai nazardan hukumatning tegishli tashkilotlari tirbandlikni oldini olish masalasiga bo‘lgan e’tiborlari ortib bormoqda.
Jumladan, mavjud holatda axolini xarakatlanishi yo‘nalishlari va vaqtlari bo‘yicha samarali tashkil etilgan, gavjum joylargacha “bir qadam” tomoili asosida joylashtirilgan bekatlar va infratuzulma ob’ektlari, barqaror tezlikda xarakatlanadigan, yo‘nalishlari qulay bog‘langan jamoat transporti tizimini joriy etish, uchta asosiy yo‘nalishlarda olib boriladigan ishlar xisobiga amalga oshirilmoqda.
Birinchidan, shahardagi mavjud oqimlarni (transportniy nagruzkani) yo‘l ko‘cha tarmog‘i bo‘yicha taqsimlanishini, yangi zichlashtiriladigan hududlardan yo‘l tarmog‘iga tushadagan yuklamani, taklif etiladigan jamoat transporti samaradorligini hamda yo‘l ko‘cha tarmog‘iga tushadigan yuklamalarni qayta taqsimlanishini oldindan baholash vositasi sifatida Toshkent shaxri transport makromodeli ishlab chiqildi. Hususan, ushbu model “Jaxon banki” grant mablag‘lari xisobiga jalb qilingan ekspertlar guruxi bilan xamkorlikda kalibrovka ishlari amalga oshirilmoqda. Ishlar noyabr oyida yakunlanadi.
Ikkinchidan, jamoat transporti yangilangan xarakat tarkibi (avtobuslar)dan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, axoliga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida avtobuslar yo‘nalish tarmog‘ini doimiy takomillashtirib borish ishlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan umumiy uzunligi 44 km bo‘lgan ko‘cha yo‘l uchastkalarida alohida avtobuslar yo‘lagi tashkil etilib, xozirda ushbu yo‘laklardan 16 mingta avtobus qatnovlari kunlik amalga oshirilmoqda va 600 ming yo‘lovchining kunlik umumiy (o‘rtacha 10 minutdan) 100 ming soat vaqti tejalishiga erishildi.
Uchinchidan, umumiy uzunligi 472 km. bo‘lgan transport doimiy xarakatlanadigan asosiy arteriyalar hisoblangan ko‘chalarda, jamoat transporti harakat ustuvorligi, bekatlar va piyodalar uchun qulay va xavfsiz infratuzilma, transport oqimini samarali muvofiqlashtirilgan boshqaruvi (aqilli svetoforlar) tizimini ichiga olgan kompleks chora-tadbirlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Shular qatorida joriy xolatni yaxshilash, axolini xarakatlanishga bo‘lgan extiyojini sifatli, qulay va xavfsiz xizmatlar orqali qondirish maqsadida quyidagi ishlarni amalga oshirish zarururiyati kuzatilmoqda.
1. Jamoat transporti samaradorligini oshirish, yo‘lovchilarning harakatlanishga sarflaydigan vaqtlarini kamaytirish maqsadida, peresadka qilishga mo‘ljallangan qulay tariflarni keng qo‘llagan holda qisqa masofali avtobus yo‘nalishlarini joriy etish.
2. Tirband ko‘chalarda avtobuslar harakat xavfsizligini ta’minlash, harakatlanishda yo‘qotilayotgan vaqtni kamaytirish maqsadida, shoh ko‘chalarda faqat to‘g‘ri harakatlanadigan magistral avtobus yo‘nalishlarini joriy qilish.
3. Poytaxtga shahar atrofi hududlaridan kunlik kirib keladigan hamda yetkazib chiquvchi va magistral yo‘nalishlar kesishgan joylarda piyodalar uchun qulay xavfsiz muxitni (infratuzilmani) yaratish.
4. Koridor tamoili asosida svetoforlarning muvofiqlashtirilgan boshqaruv tizimini, xamda jamoat transporti infratuzilmasini takomillashtirish (usutuvorik, qulaylik va xavfsizlikni ta’minlagan xolda), umumiy uzunligi 472 km, 605 ta svetofor ob’ektlari bo‘lgan koridorlarimizda ishlarini amalga oshirish talab etiladi.
Bu ishlarning birinchi bosqichida umumiy uzunligi 125 km. bo‘lgan asosiy yuklamalar va tirbandliklar kun davoimida kuzatilayotgan ko‘chalarda amalga oshirilishi kerak.
Ma’lumot uchun: keltirib o‘tilgan Zarur ishlardan xozirda, koridor tamoili asosida yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha, aktual bo‘lib turgan 125 km yo‘l ko‘cha tarmog‘ining 55 km. lik uchastkalari (A.Temur, Shaxrisabz, SH.Rustaveli, Yangi Sergeli, Bobur, Samarqand darvoza, Ko‘kcha darvoza, Beshayrag‘och va boshqalar) ustida ishlar olib borilmoqda.
5. Aglamerasiya xududini bog‘laydigan temiryo‘l yo‘lovchi tashish (elektrichka) tizimini takomillashtirish, yangi avtobus yo‘nalishlarini joriy etish xamda qulay transport o‘tish bog‘lamalarini tashkil etish orqali shaxarga kiruvchi transport oqimini kamaytirish.
6. Shaharda yuk transporti xarakatini cheklash va TXAY bo‘ylab aylanma xarakatlanishga yo‘naltirish, shaxar ichidagi yuk transporti xarakatlanadigan vaqti va yo‘llarini aniq belgilab berish.
7. Avtomobil yo‘lining temiryo‘l bilan kesishmalarida, transport bog‘liqligiga talab yuqori bo‘lgan (belgilangan kriteriyalar asosida aniqlangan) xududlarda kanallar ustidan hududlarni bog‘lovchi ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlarni qurish.
Avtomobil sanoati keskin rivojlana boshlagandan buyon yirik shaharlarda shu jumladan poytaxtimizda ham tinimsiz ravishda tirbandliklar sodir bo‘lmoqda. Oqibatda, ko‘plab insonlarning qimmatli vaqti ko‘chada o‘tib ketmoqda.
Yo‘llarda tirbandliklarning kelib chiqishiga bir nechta omillar sabab bo‘ladi. Jumladan, mashinalar sonining o‘ta ko‘pligi, ko‘chalarda qurilish-ta’mirlash ishlarining o‘tkazilishi, haydovchilarning tartibsiz harakatlanishi, yo‘l-transport hodisalarining sodir bo‘lishi yoki noqulay ob-havo sharoiti mashinalar harakatini cheklab qo‘yishi mumkin.
Shu munosabat bilan mahalliy hokimiyat vakillari tirbandlikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni asosiy vazifalari etib belgilab horijiy tajibada sinovdan o‘tgan loyihalarni amalga oshirmoqda.
Shu bilan birga raqamlashtirish va innovasiyalardan keng foydalanish mazkur masalani yechimi sifatida qaralmoqda.
