Toshkent shahrida Sankt-Peterburg davlat universiteti filiali tashkil etildi

Toshkent shahrida Sankt-Peterburg davlat universiteti filiali tashkil etildi

“Toshkent shahrida “Sankt-Peterburg davlat universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–4942, 12.01.2021) qabul qilindi. Bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi axborot xizmati xabar berdi.  

Qarorga muvofiq, filial:

— universitetning alohida tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi;

— ta’lim faoliyatini 2021/2022 o‘quv yilidan boshlaydi;

— kadrlar tayyorlashni kunduzgi, keyinchalik sirtqi va boshqa ta’lim shaklida olib boradi;

— bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunasidagi diplomini beradi;

— ta’lim jarayonini rus tilida, keyinchalik boshqa tillarda olib boradi.

Filialga talabalarni o‘qishga qabul qilish davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.  Bunda, davlat granti asosida ta’lim olgan filial bitiruvchilari uch yildan kam bo‘lmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari va tashkilotlariga taqsimlanadi;

Filial Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Toshkent shahar Mirobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 16-uy manzilida joylashgan bino va inshootlariga tekin foydalanish huquqi bilan joylashtiriladi.

Filialda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassislari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

➡️ Filologiya (sharq tillari bo‘yicha);

➡️  Mamlakatshunoslik va xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti (sharq mamlakatlari bo‘yicha);

➡️ Biotibbiyot (kimyo, fizika, psixologiya va boshqalar).
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!