Toshkent shahrida 1 kunga issiq suv o‘chiriladi

Toshkent shahrida 1 kunga issiq suv o‘chiriladi

Issiqlik tarmoqlarini sinovlardan o‘tkazish uchun Toshkent shahrida 1 kunga issiq suv o‘chiriladi.

Hurmatli Toshkentliklar!

2023 yil 27 martdan 5 aprelga qadar issiq suv ta’minotida bir kunlik uzilishlar kuzatiladi. Sana va manzillar ushbu havola orqali keltirilgan.

Issiqlik tarmoqlaridagi nuqsonlarni aniqlash va keyingi isitish mavsumi boshlanishidan oldin ularni bartaraf etish uchun issiqlik tarmoqlarini mo‘ljallangan harorat bo‘yicha sinovdan o‘tkazish kerak.

‼️Sinovlar davomida issiqlik tarmoqlari quvurlarining shikastlanishi va issiq suv yo‘llar va yo‘laklarga chiqishi mumkin. Haydovchilar, piyodalar hamda ma’muriy va turar-joy binolarida yashovchi fuqarolardan e’tiborli va ehtiyot bo‘lishlarini so‘raymiz.

Nosozliklar aniqlansa (78) 129-01-85 telefon raqami orqali ma’lum qilishingizni so‘raymiz.

Sinovlar, 2014 yil 18 dekabrdagi “Issiqlik tarmoqlari va issiqlik punktlaridan texnik foydalanish qoidalari” bilan tartibga solinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!