Toshkent shahar YHXBga elektromobillar topshirildi

Toshkent shahar YHXBga elektromobillar topshirildi

Poytaxt YHXBga ORA IQ rusumli elektromobillar foydalanishga topshirildi, deya xabar bermoqda boshqarma matbuot xizmati. Ma’lumotga ko‘ra, tajriba muddati boshqarma rahbariyatining maxsus ko‘rsatmalariga qadar davom etadi.

Tajribaning maqsadi ushbu transport vositasining ichki ishlar idoralarida ishlatiladigan avtoulovlarga nisbatan ustunligi yoki kamchiliklarni o‘rganishdan iborat.

To‘liq zaryaddagi quvvat zaxirasi o‘rtacha 320-350 kmni, zaryad muddati 6-7 soatni tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!