Toshkent shahar hokimligi yo‘l harakati holatini yaxshilashga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” e’lon qildi
Bunda Toshkent shahrining eng tirband bo‘lgan 472 km avtomobil yo‘llarini aniqlanadi va ishlar quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda boshlanadi:
— yo‘l harakatini tashkil etish bo‘yicha loyiha yechimlarini ishlab chiqish va joriy qilish;
— jamoat transportiga ustuvorlik berish va tegishli infratuzilmani yaratish;
— ko‘cha-yo‘l tarmog‘i bo‘ylab reklama konstruksiyalari va boshqa tashuvchilarni o‘rnatishni tartibga solish hamda nazorat qilish;
— avtomobil yo‘llari bo‘yida joylashgan mavjud savdo shoxobchalarini optimallashtirish va ular bo‘yicha tartibli yechimlar ishlab chiqish;
— svetofor ob’ektlari va yo‘l belgilarini o‘rnatish, modernizasiya qilish va yangilash;
— yo‘l harakatini tashkil etishning tasdiqlangan sxemalari asosida yo‘l chiziqlarini takomillashtirish;
— bekat majmualarini yangilash va almashtirish;
— ko‘cha-yo‘l tarmog‘ida chuqurcha va karta usulida ta’mirlash ishlarini olib borish;
— avtoturargoh maydonini rivojlantirish va tartibga solish.
