Toshkent shahar hokimi ayni damda Nukus shahrida bo‘lib turibdi

Toshkent shahar hokimi ayni damda Nukus shahrida bo‘lib turibdi

Ayni damda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi rasmiy telegram-kanali xabar berdi.

Toshkent hokimi boshchiligidagi ishchi guruhi Nukus shaharning mahallalari hamda ijtimoiy ob’ektlarida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

"Qizil qum" MFYda joylashgan 16-umumta’lim maktabidagi sharoitlar o‘rganib chiqilmoqda.

Shuningdek, turli yo‘nalishlarda murojaat qilgan aholiga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!