Toshkent metrosida erkak kishi 13 yoshli qizga tegajog‘lik qildi (VIDEO)

Toshkent metrosida erkak kishi 13 yoshli qizga tegajog‘lik qildi (VIDEO)

Toshkent metrosida erkak kishi 13 yoshli qizga tegajog‘lik qildi, deb xabar beradi Podrobno.

Ma’lumotlarga ko‘ra, metro vagonida bir erkak o‘smir qizning orqasidan silagan. Qiz erkakning bunday harakatlaridan qo‘rqib ketgan. Hozirda qizning ahvoli yaxshi, u sog‘lom.

Qayd etilishicha, bunday holatlar ko‘p bo‘lganligi sababli, Toshshahartransxizmat poytaxtda avtobuslarda bezorilikka qarshi kurashish uchun axborot kampaniyasi, shuningdek, avtobus va metro xodimlari uchun javob protokoli yaratish orqali bu muammoni hal qilishi kerak.

Qizning onasi qizi olgan videoni ko‘proq tarqatishni va qiziga xunuk harakatlar qilgan erkakni topib, jazolashni so‘radi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!