Toshkent jamoat transporti bosqichma-bosqich to‘liq “yashil transport” tizimiga o‘tkaziladi

Toshkent jamoat transporti bosqichma-bosqich to‘liq “yashil transport” tizimiga o‘tkaziladi

“Toshshahartransxizmat” AJ avtobus saroyi filiallarida
2 017 dona harakat tarkibi mavjud bo‘lib, shundan 672 donasi dizel yoqilg‘isida (33 %), 1 020 donasi tabiiy gaz yoqilg‘isida (50 %), 324 donasi elektr energiyasida (17 %) harakatlanadi.

2022–2023 yillarda sotib olingan avtobuslarning 58,7 foizi siqilgan tabiiy gazda, 21,4 % foizi elektr energiyasida harakatlanadi.

Natijada, harakat tarkibining o‘zidan chiqadigan zararli moddalar miqdori 2022 yilda 5,1 ming tonnani, 2023-yilda 4,8 ming tonnani tashkil etilishiga erishildi.

2024–2030 yillarda qo‘shimcha 1 200 dona elektrobus xarid qilish va avtobuslarni tabiiy gaz yoqilg‘isiga o‘tkazish ko‘zda tutilgan. (https://lex.uz/uz/docs/-6546425#-6548802)

2024 yilda harakat tarkibini 200 dona elektrobus bilan yangilash orqali zararli moddalar miqdorini yillik 4,6 ming tonnagacha kamayishiga erishish rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!