Toshkent - Andijon poyezdi elektr tarmog‘idagi nosozlik tufayli to‘xtab qoldi

Toshkent - Andijon poyezdi elektr tarmog‘idagi nosozlik tufayli to‘xtab qoldi

Joriy yil 13 sentyabr kuni soat 09:25da tashqi elektr tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik tufayli Toshkent Andijon yo‘nalishida harakatlanayotgan №60-sonli yo‘lovchi poyezdi Angren vokzalida 50 daqiqa to‘xtab qolgan.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabarida aytilishicha, ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli yuzaga kelgan nosozlik bartaraf qilinib, temir yo‘lga yetkazib berilayotgan energiya ta’minoti tiklangan. Ayni daqiqada elektropoyezdlarning muntazam harakati yo‘lga qo‘yilgan.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» ma’muriyati yuzaga kelgan noqulaylik tufayli yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!