Tolibon yaponlarni o‘z elchixonasini Kobulga qaytarishga ko‘ndirishdi

Tolibon yaponlarni o‘z elchixonasini Kobulga qaytarishga ko‘ndirishdi

Yaponiya elchisi Takasi Okada bilan uchrashuvda Tolibon bosh vazirining ma’muriy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul-Salom Hanafiy qo‘rqadigan hech narsa yo‘qligini ta’kidladi: "Butun mamlakat bo‘ylab xavfsizlik ta’minlangan". Uning ishontirishicha, Tolibonning ta’limga hech qanday qarshiligi yo‘q, aksariyat organlar va ta’lim muassasalari o‘z ishiga qaytgan, korrupsiya va giyohvandlik tahdidi bartaraf etilgan, shariat huquqlari va umumiy amnistiya ta’minlangan.

Yaponiya elchisi Tolibonni tabiiy ofat qurbonlariga Afg‘oniston Qizil Yarim Oy Jamiyati orqali yordam ko‘rsatish va insonparvarlikni siyosiy sharoitlardan butunlay ajratish tarafdori ekanligi haqida ma’lum qildi.

Uchrashuvda ishtirok etgan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi JICA rahbari Kobuldagi elchixona tez orada qayta ochilishiga, shundan so‘ng uning tuzilmasi o‘z faoliyatini davom ettirishiga umid bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!