"Tolibon" O‘zbekistondan samolyot va vertolyotlarini qaytarib berishni so‘radi

"Tolibon" O‘zbekistondan samolyot va vertolyotlarini qaytarib berishni so‘radi

"Tolibon" muvaqqat hukumati rahbari o‘rinbosari mulla Abdul G‘ani Baradar O‘zbekistonni avvalgi hukumat qulaganidan keyin afg‘on uchuvchilari mamlakatdan qochib ketgan samolyot va vertolyotlarni qaytarishga chaqirdi. Bu haqda “Afg‘oniston” nashri xabar bermoqda.

Avvalroq afg‘on uchuvchilari O‘zbekiston va Tojikistonga mamlakat aviasiya texnikasining 25 foizini olib qochgani haqida xabar berilgan edi. Bu haqda Afg‘onistonni qayta tiklash bo‘yicha bosh inspektorning 30 oktyabr kuni chop etilgan choraklik hisobotida aytilgan.

Termizdagi lagerda saqlanayotgan afg‘onlar orasida 15 nafar uchuvchi yengil A-29 Super Tucano hujumkor samolyotida, 11 nafar uchuvchi UH-60 Black Hawk vertolyotida, 12 nafar uchuvchi MD-530 vertolyotida va ko‘plab Mi-17 vertolyotlarida parvoz qilgan.

Ularning barchasi Afg‘onistonni Tolibon hokimiyatni qo‘lga kiritishidan oldin oxirgi soatlarda tark etgan. Mozori Sharif va Kobul aeroportlaridan 46 ta samolyot havoga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi. Ulardan biri O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlari samolyoti bilan to‘qnashib ketgan.

Keyinroq Tolibon rejimidan qochgan barcha afg‘onlar O‘zbekiston hududini tark etgani ma’lum bo‘ldi.

“12-13 sentyabr kunlari O‘zbekiston hududida bo‘lgan barcha Afg‘oniston fuqarolari boshqa davlatga evakuasiya qilindi”, — dedi O‘zbekiston TIV matbuot kotibi Yusuf Qobuljonov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!