Toliblar Tojikiston bilan chegaradosh viloyatga minglab jangchilarini yubordi

Toliblar Tojikiston bilan chegaradosh viloyatga minglab jangchilarini yubordi

Toliblar Tojikiston bilan chegaradagi Taxor viloyatiga minglab maxsus xizmat jangchilarini yubordi. Bu haqda radikal harakat vakili Zabiulloh Mujohid ma’lum qildi.
“O‘nlab Islom amirligi maxsus xizmat bo‘linmalari () Taxorda joylashtirildi... o‘n minglab maxsus xizmatchilar joylashtirildi”, - deya yozgan Mujohid Twitterʼda.
Dozens of special forces of the Islamic Emirate's Mansoori Army were deployed in Takhar to eliminate security and other potential threats.
Tens of thousands of special forces from
"Lashkar-e-Mansoori Islamic Emirate" were deployed to remove potential security threats & other pic.twitter.com/9OGFuCgzK7

— Zabihullah Mujahid (@Zabihullah_M3) September 25, 2021
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday chora xavfsizlik tahdidini bartaraf etishga qaratilgan.
Afg‘onistondagi vaziyat
Avgust oyi boshida toliblar Afg‘oniston hukumat kuchlariga hujumlarni faollashtirgan edilar, 15 avgust kuni ular Kobulga kirib borishdi va ertasi kuni urush tugaganini e’lon qilishdi. Avgust oyining oxirgi ikki haftasida amerika harbiylari qo‘rig‘ida bo‘lgan Kobul aeroportidan G‘arb mamlakatlari va ular bilan hamkorlik qilgan afg‘onlarning ommaviy evakuasiyasi amalga oshirildi.

31 avgustga o‘tar kechasi amerikalik harbiylar Kobul aeroportini tark etishdi, bu bilan AQShning Afg‘onistondagi 20 yillik faoliyatiga chek qo‘yildi. 6 sentyabr kuni toliblar janglardan so‘ng 34 afg‘on viloyatining eng so‘nggisi - Panjsher ular nazoratiga o‘tgani haqida bayonot berdi.
Ertasi kuni Afg‘oniston muvaqqat hukumati tarkibi e’lon qilindi. “Tolibon”*ning birinchi hukmronligi vaqtida TIV rahbari kursisini egallagan va 2001 yildan buyon BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund muvaqqat hukumat rahbari etib tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!