Tojlivirus gipnozi yoxud biz «uchinchi jahon urushi» xavfini yengishga tayyormizmi?

A A A
Tojlivirus gipnozi yoxud biz «uchinchi jahon urushi» xavfini yengishga tayyormizmi?

Tabiatda tizimli, surunkali hodisalarga o‘rin bo‘lganiday tasodifiylarga ham har doim o‘rin bo‘lgan va bu inkor qilinmaydigan hol. Shunday ekan yer yuzida hayotning tizimli taraqqiyoti jarayonida u bilan doimo tasodifiy hodisalar yuz berib kelganiga minglab misollar topsa bo‘ladi. Aytaylik, dinozavrlarning tinimsiz tizimli taraqqiyoti va to‘satdan o‘lib ketishi. Yer yuzida inson aqlining tizimli tinimsiz taraqqiyoti va uning o‘z taraqqiyotiga qarshi tasodifiy olamshumul ixtirolari...

Er yuzida yashayotgan odamlarning turli joydagi minglab turdagi oqsillar va boshqa mahsulotlarni iste’mol qilishi, ammo mana shu iste’mol qilinayotgan mahsulotlarning qaysidir biri birovga (kimlargadir) yoqsa, boshqa birovga yoqmasligi... ana bu endi bizning odamlar sifatida yer yuzi iqlim sharoitiga qarab farq qilishimizda kechayotgan, fan tili bilan aytganda, har kimning o‘z yashash sharoitidagi zamin va iqlimga bog‘liq etnik farqlarimizdir.

Bu holat odamlarning yer yuzidagi iste’mol va yashash sharoitlari ularning «homo sapiyens» sifatida rang-barangligini yaratadigan omillardan biri, xolos. Masalan, biz o‘zbeklar ming yillardan beri bahor kelishi bilan organizmimizda vitaminlarning yetishmovchiligini sezib ko‘katlarni ko‘p iste’mol qila boshlaymiz, sumalak pishiramiz. Ammo mana shu ehtiyoj insoniyatning ming yillik tarixida, aytaylik, Yevropa xalqlarida negadir yo‘q. Nima, ular ko‘klamga kelganda ham tanqis vitaminlarga ehtiyoj sezishmaydimi?

Endi, bugungi kunda dunyoni larzaga solgan tojlivirus tasodifiga kelsak. Ma’lumki, hayot yer yuzida qaysidir oqsil va boshqa moddalarning surunkali va tasodifiy qo‘shilishlaridan hosil bo‘lgan. Bir ko‘rinishi suvda hosil bo‘lgan bo‘lsa, boshqasi sahroda yuzaga kelgan. Ular uzun tarix, mingyilliklar davomida biz ko‘rib turgan hayot tushunchasini tashkil qilgan va u surunkali taraqqiyotga tayanib rivojlanib kelayotgan bo‘lsa, tasodiflariga ahyon-ahyon uchrab davom etib kelmoqda.

Bugungi kundagi uzuq-yuliq xabarlarga qaraganda, Xitoyning Uxanida kimdir ko‘rshapalak yegan (ularning ko‘rshapalaklarni yeyishi ming yilliklar davomida surunkali davom etib kelayotgan holat) va tasodifga qarang, bu odam hali o‘z organizmida ko‘rshapalak qoldiqlari chiqib ketib ulgurmagan paytda yana qandaydir jonzotni iste’mol qilgan. Mana shu moddalarning bir organizmda qo‘shilib tasodif berishini faraz qilganimizda tojlivirusni dunyoga keltirgan holatni tushunamiz. Bu holat tabiatda birinchi bor uchramagan ham bo‘lishi mumkin va shunday deyishga haqimiz ham bor. Ammo biz ilm-fan yutug‘iga tayanib, bugun uni birinchi bor “ko‘rib” qoldik va unga davlatlar ko‘zi bilan qaraganda katta fojia sifatida, fan ko‘zi bilan qaraganda bu fojiaga qanday qilib tezroq aksilchorasini topish ko‘zi bilan, epidemiologlar ko‘zi bilan qaralsa halokat, falokat deb, harbiylar ko‘zi bilan qaralganda biologik urushga qarshi kurash, deb qaraymiz va bu qarashlarni yana davom ettirish mumkin. Qizig‘i shundaki, bu qarashlar orasida ayni holatni uchinchi jahon urushi sifatida qarash negadir muhokamaga qo‘yilmadi. Vaholanki, yer yuzi davlatlarining bu falokatga qarshi salkam hammasi kurashda qatnashayotganini ko‘rib, bugun jahonda insoniyat tomonidan tabiiy ofatga qarshi uchinchi jahon urushi ketyapti, deb bemalol aytish mumkin.

Kimdir bu hodisani bizga qarshi falonchilar tarqatgan, ataylab “bizga” qarshi tarqatgan jang, deb ham qarab kelmoqda. Demak, bir paytlar hamma jonzotlar qirilayotgan paytda dinozavrlardan biri «kimdir bizga qarshi jang boshlashdi», deganiday gap. Lekin tan olish kerak, bu ham bor gap.

Biz bu narsaga boshqa bir nazar bilan qarab ko‘raylik, ya’ni dunyoda tojlivirus tarqalishini ma’lum shartli nom bilan uchinchi jahon urushi, deb qarasak-chi? Ana endi yer yuzida kechgan har bir katta urush, ayniqsa jahon urushlari aynan mana shu yer yuziga, odamzotga nafaqat ofatlar olib kelgan, bu urushlar yer yuziga ma’lum ma’noda taraqqiyot ham olib kelganligini inkor qilmaymiz va va hatto, tan olamiz.

Qarang, tojlivirus bugungi kunda shu bugungacha g‘orda yashagan qadim ajdodimizning qo‘lida bo‘lgan eng katta dubulg‘a - atom bombasini bir tiyinga aylantirdi-ku. Mana bir necha oydirki atom bombalar to‘g‘risida hech kim hech narsa yozmayapti va u to‘g‘rida kimdir biron yig‘ilish va anjumanlarda xarxasha ham ko‘tarmayapti. Atom bombasi bor davlatlar o‘z KUChlarini ko‘z-ko‘z qilishni o‘zlari tushungan holda bu qurol ham “kechagi” qurol ekanligini tushunib turibdi.

To‘g‘ri, ular bu quroldan hali beri voz kechmaydi va ertaga tojlivirus balosi bilan ko‘tarilgan dovruqlar biroz pasayishi bilan yana o‘zlarini eslatishni boshlaydilar. Buni unutmasak ham bo‘ladi. Unutmasligimiz ham kerak. Chunki, oqillar jamiyatida alohida johillarning borligi, bor bo‘lishi bu ham tabiiy holat ekanligini unutmaylik.

Bu masalaning bir tomoni. Masalaning ikkinchi tomoni shundaki, aytaylik, Xirosima yoki Nagasaki, Chernobil yoki “Fukusima”  fojialari dunyoning bir burchagida yuz bergan va beradigan fojia ekanligini tojlivirus jangi, olamshumul gipnozi ko‘rsatdi. Kerak bo‘lsa, dunyoning qaysi bir burchagida qaysidir atom stansiyasi bugun portlagan taqdirda ham uni davlatlar, odamlar (albatta, odamzotning ongli odamlari ko‘zda tutilayapti) kelishgan holda shovqinsiz, tezgina ko‘mib tashlash kuchiga ega ekanligini anglab yetdik. Ammo tojlivirus dahshatini ko‘mib tashlashning iloji yo‘qligini, hatto, tajovuzkor harbiylar ham tushunib turibdi. Qarang, tojlivirus tarqalgan davlatlarning harbiylari tezda yordamga kelib biri o‘n kunda, biri o‘n besh kunda, boshqa biri besh kunda tojlivirus talofatini bartaraf qilish musobaqasiga kirishdi. Bu endi uchinchi jahon urushi olib kelgan odamzotning o‘zini o‘zi himoya qilish tajribasidagi ijobiy xulosa va ezgu amal emasmi? Ha, shunday, balodan olingan ijobiy amallardan biri.

Mana shu joyda yana bir bor insoniyatning dono aqidalaridan biriga qaytib, odamlarning qalbida birinchi o‘rinda ezgu fikr bo‘lishini, bugungi kunda siyosatchilar va ularning qo‘lidagi quroli harbiylarning ezgu so‘z-u amalga o‘tayotganligini ko‘rayapmiz-ku. Ezgu amal esa butun jahonning bu ofat, tojlivirus bilan kurashayotganini hammamiz ko‘rib turibmiz. Bir qaraganda Forobiyning orzusi amalga oshganday, ya’ni komil inson dunyoga kelganday holatni kuzatyapmiz. Ammo komil jamiyat hali yer yuziga kelmaganligi ayon bo‘lib qolmoqda.

Dunyo global urushlar oldida qandaydir olamshumul muammolarga yetib kelganligini sezadi va ularni turli yo‘llar bilan yechishga urinib ko‘radi. Masalan, Ikkinchi jahon urushi oldida jahon jiddiy irqchilik muammosiga duch kelib qolgan edi. “Milliy” tushunchalar ko‘payib ularni yechish va yechimi muammoga aylanib qolganidan turli davlatlar turlicha yechimlar taklif qilishgan edi. Ammo bu yechimlar kimlargadir yoqsa, boshqalarga yoqmasligi aniq bo‘lib ongli, tinch yo‘l bilan hal qilinishi imkoniyati tug‘ilmagan. Qarabsizki, bunday ahvolda qaysidir bir kuchlar alohida o‘z yechimlarini qo‘llab, qaysidir “mayda” millatlarni “sizning yashashga haqingiz yo‘q”, deb qirishdan boshlashdi. Jahon aslida iqtisodiy jihatdan ham katta muammo oldida turgan edi. Insoniyat orzusi bo‘lmish “teng yashash” va “talabga asosan yashash” qonun-qoidalari ham o‘zaro kurash olib borayotgan edi. Aslida Ikkinchi jahon urushining olov olishida mana shu butun jahon proletarlarining tenglikni talab qilishi va buning uchun hokimiyatni o‘z qo‘liga olishga urinishlari urushning avj olishiga asosiy gipnotik sabablardan biri bo‘lgan.

Xo‘p, undayda bugungi kunda bu uchinchi jahon urushi oldida qanday muammolar turganini tahlil qila olamizmi? Axir, ayni mana shu global muammolarga bu uchinchi jahon urushi javob izlashi va ularga yechim topishi kerak-ku. Ha, bizga oddiy odamlar va jamiyatlar oldida, yer yuzidagi odamlar, odamzot oldida turgan katta muammolar nimalardan iborat, deyishingiz mumkin.

Bugungi jahon axborot imkoniyatlari butun jahonni bir makonga aylantirgani bor gap. Demak, kechagina “ommaviy madaniyat”, deyilgan tushunchalarga alohida bir davlat miqyosida emas, umumjahon miqyosida yechim qidirishimiz kerak. Jahon madaniyati dunyoga kelishi kerakka o‘xshaydi. Uning ko‘rinishi, koordinatlari qanday bo‘lishi bu albatta, tojlivirus gipnozidan keyin keng muhokamaga chiqadigan mavzulardan biri bo‘lishi tayin. Kechagina, alohida faoliyat ko‘rsatib turgan dinlar va madaniy tuzilmalar butun odamzot uchun o‘z umumiyligini, dunyoning bir burchagida har biri vujudga kelganligini, bugun esa ular ham birikib, bir tan va bir yo‘nalishga kirishlari kerakligini tan olishlari talab qilinmoqda.

Diniy turliliklar madaniy yagonalikka intilishi va bir nuqtai nazarga aylanishi bu hayotiy ehtiyojga aylanmoqda. Shuning uchun ham Dalay lama aytganiday: madaniy va axloqiy muammolarni dunyo dinlari, alohida bir din yelkasiga osishni to‘xtatish vaqti keldi. Bunga misol qilib dunyoda birinchi davlat (Shunday feyk ma’lumot tarqatildi, shu ma’lumotning tarqatilishining o‘zi juda katta signal odamzot uchun, demak, jamiyatda shunday fikrlar yo‘q emas.) Islandiyaning hayotiy tajribasi, hamma dinlarni ommaviy qirg‘in quroli sifatida taqiqlash tajribasini ham jiddiy tan olishimiz kerak bo‘ladi.

Bu degan so‘z, qaysidir diniy aqida qobig‘ida, davlatda “pasxa” paytida go‘sht yeyishga ijozat berish, boshqa bir din qobig‘ida tojlivirus paytida ilohiy ziyoratlarni vaqtincha taqiqlash yordam bermasligini tan olib yoki Rim papasi singari “Muqaddas kitoblarni tahlil qilish vaqti keldi”, deyish yarim yechim ekanliklarini ham jiddiy o‘ylab ko‘rish kerakligini bugungi vaziyat ko‘rsatdi va talab qilmoqda.

Odamzot tomonidan kechagina global muammo, deyilgan masalalar bugungi kunda ancha mayda mavzularga aylanib qolganini ham tan olaylik. Masalan, Pxuketdagi suv bosqini-yu, Fukusimadagi fojialarni davlatlar kelishgan holda tezgina hal qilishlari mumkin edi va bunday voqealar o‘z yechimini topa olayapti. Ammo, odamzodning o‘zi qaysi falsafada, ya’ni YASHASh maqsadi va YASHASHNING ma’nosi yo‘nalishida jiddiy o‘ylashi kerak bo‘lib qolganini tojlivirus yaqqol ko‘rsatib berdi. Qarang, butun jahon o‘z katak, xonalariga o‘z ixtiyorlari bilan kirib olishdi. Sababini bo‘rttirib ko‘rsatishimiz va aytishimiz mumkin, ammo maqsadi va ma’nosiga kelganda bu savollarning hammasi biz kimmiz va YASHASh maqsadimiz nima, degan savolga hammamizni tojlivirus olib keldi. Jahon nafaqat bir tilga, umumlashtirib aytganda, bir “dinga”, aslida bir falsafaga, bir madaniyatga, dangal qilib aytganda, bir qishloqda yashash tajribasiga kosmik tezlik bilan intilib, aniqrog‘i, uchib bormoqda. Bu holatni «uchinchi jahon urushi» hal qiladigan asosiy masalalardan biri sifatida ko‘rish mumkin.

Jahonda va hayotda hech birimiz yer yuzida bu muammolarni bir o‘zimiz, alohida bir odam, bir millat, bir din ahli, bir jamiyat va hatto, alohida bir davlat bo‘lib, yecha olmasligimizni tojlivirus gipnozi yaqqol ko‘rsatdi. Demak, jahon hamjamiyati oldiga ko‘ndalang bo‘lgan falsafiy va hayotiy muammoga yechim tanlash va bu yechimni butun jahon va butun odamzot uchun hal qilish vaqti keldi. Uchinchi jahon urushi odamzot va davlatlar oldiga qo‘ygan savollardan ba’zilari va muammolari mana shularga o‘xshaydi. Yechimni izlash va hal qilish endi hammamizga bog‘liq. Bu muammolar esa faqat va faqat ezgu niyat, ezgu so‘z va ezgu amal bilangina hal bo‘lishini unutmaylik.

Mahmud YO‘LDOSHEV,

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi o‘qituvchisi,

psixologiya fanlari nomzodi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Srechko Katanes: "Jahon chempionatida terma jamoadan hech nima kutmanglar"

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.

O‘qituvchi ayol Islom Karimov nomidan xat yozib, hokimdan 700 ming dollar so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.

Dahshat! Eron birinchi marta zamonaviy vertikal raketalardan foydalanmoqda

Бу ҳақда "Ozod Iran" нашри хабар берди.

Uta Abe Diyora Keldiyorovaga "vizov" tashladi

Келдиёрова бу ерда бўлмаганидан хафсалам пир бўлди. Умид қиламанки, у қайтади, шунда мен ундан қасос оламан

Eron maxsus kuchlari urib tushirilgan uchinchi Isroil samolyoti uchuvchisini qo‘lga oldi

Ҳозирча ҳеч қандай расмий тасдиқ йўқ.

Ronaldu va Messi bir tarkibda

FourFourTwo портали мутахассислари барча даврларнинг рамзий жамоасини туздилар.

O‘zbekiston Boliviyaga mag‘lub bo‘ldi

Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Боливияга қарши имкониятни бой берди.

Nihoyat! Arab davlatlari Eron — Isroil urushi borasida "tilga kirdi"

Араб ва ислом давлатлари ташқи ишлар вазирлари Эронга қарши Исроилнинг ҳарбий ҳаракатларини тўхтатиш зарурлиги тўғрисида умумий баёнот берди.

O‘zbekistonlik 3 futbolchi Angliya klubida ko‘rikdan o‘tish uchun Londonga jo‘nab ketdi

Ўзбекистон футболининг иқтидорли ёшлари халқаро майдонда ўзини кўрсатиш имкониятига эга бўлмоқда. “Пахтакор” клуби ҳужумчиси Саидумархон Саиднуруллаев ҳамда “Сурхон” сафида тўп сурувчи икки ёш футболчи — Беҳруз Каримов ва Беҳруз Шукуруллаев Англиянинг машҳур “Куинз Парк Рейнжерс” (КПР) клубида кўрикдан ўтиш учун Лондонга йўл олишди.

Isroil Erondan keyin Pokiston hududiga zarbalar berishga zamin qo‘ygan(mi)?

Шуни таъкидлаш керакки, Исроилнинг оммавий ахборот майдонида Покистон одатда умуман тилга олинмайди ва, албатта, тинчликка таҳдид деб ҳисобланмайди.

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Dollar va yevro keskin ko‘tarildi

Марказий банк 2025 йил 13 июндан валюталарнинг янги курсини белгилади.

Ronaldu "Oltin to‘p"ni kim olishi kerakligini aytdi

Португалия терма жамоаси ҳужумчиси Криштиану Роналду "Олтин тўп" соҳибини аниқлаш мезонлари ҳақида гапирди.

«Jahannam darvozasi» krateri tez orada so‘nadi

Туркманистоннинг Қорақум саҳросида ярим асрдан буён ёнаётган «Жаҳаннам дарвозаси» кратери сўнишни бошлади, деб хабар берди Daily Mail.

Chechen qo‘mondonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid: “Ruslarni o‘ldirish uchun kelgan xorijliklar yo‘q qilinadi!”

Чеченистоннинг "Ахмат" махсус кучлари қўмондони Апти Алаудинов Украинадаги урушда қатнашаётган жангчилар ҳақида баёнот берди.

Eron Isroilga “Sijjil” raketasini uchirdimi?

Мутахассислар уни ядро қуролини ташувчи восита деб ҳисоблайди.

Isroil oxirgi 75 yildagi eng dahshatli hujumlardan aziyat chekmoqda

Унинг фикрича, Тель-Авив Теҳрон билан можарода ютқазмоқда ва Исроил ҳукумати буни тушунади.

Ukrainalik taniqli qo‘shiqchi Rossiya fuqaroligini oldi

Бу ҳақда РИА Новости ўз манбасига таяниб хабар берди.

Toshkentda ota 11 yashar qizini muntazam zo‘rlab kelgani ma’lum bo‘ldi

Тошкентда беш нафар фарзанднинг отаси бўлган шахс иккинчи рафиқасининг 11 ёшли қизини мунтазам равишда зўрлаб келган.

Eron muzokaralarga tayyor

Нашрнинг ёзишича, Теҳрон бугун Қатарга музокаралар ташкил этишни сўраб хабар юборган

Buxorodagi bog‘chada 2 yashar bola tok urishidan vafot etdi

Мазкур ҳолат юзасидан туман прокуратураси томонидан Ўзбекистон Республикаси ЖКнинг 116-моддаси 3-қисми билан қўзғатилган.

MAGATE Arakdagi yadroviy majmuaga yetkazilganini tasdiqladi

Эроннинг Арак шаҳридаги ядровий мажмуага берилган зарба акс этган тасвирлар эълон қилинди.

Konor Makgregor tungi klubda to‘polon chiqardi

Жабрланувчи клубдан чиқарилган, Макгрегор эса кечани давом эттирган.

Turkiya qamoqxonalarida mahkumlar soni me’yordan oshib ketdi

Сўнгги икки ойда қамоққа олинганлар сони 13 867 нафарга кўпайган. Бу эса Туркия қамоқхоналари тизимига бўлган юклама кескин ортганини кўрсатади.

Evropa 2028 yildan Rossiya gazini to‘liq taqiqlamoqchi

Европа Иттифоқи Россия билан кўп йиллик энергетик алоқаларга чек қўйишни режалаштирмоқда. Яқинда қабул қилинган таклифга кўра, ЕИ 2027 йил охиригача Россиядан табиий ва суюлтирилган газ импорт қилишни тўхтатиш учун юридик мажбурий механизмлар жорий этмоқчи.

G‘azodagi Isroil hujumlari: 69 kishi halok bo‘ldi, yuzlab yaralangan

Ҳужумлар 19 июн куни эрталабдан бошланган бўлиб, асосан аҳоли зич жойлашган туманларни ва инфратузилмани нишонга олган.

Xorazmda 18 yoshli o‘smir Tico’da YTHga uchrab, vafot etdi

Н.Ш. ўз бошқарувидаги Tico автомашинасида тезликни ошириб, бошқарувни йўқотган

Eron Hormuz bo‘g‘ozini minalashi mumkin - The New York Times

АҚШ Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда иштирок этиш борасида 24-48 соат ичида қарор қабул қилиши кутилмоқда

Tramp Eronga yakuniy ultimatum qo‘ydi

“Сўзсиз капитуляция” талабининг моҳияти оддий — Теҳрон таслим бўлиши керак

Isroil-Eron mojorasi Pokiston xavfsizligi uchun tahdid sifatida baholanmoqda

Исроил ва Эрон ўртасидаги ҳарбий зиддият кучайиши Покистонда хавфсизликка оид жиддий ташвишларни келтириб чиқармоқда. Исломобод Исроилнинг ҳужумларини кескин қоралаб, можора чегараларидаги беқарорлик ва ажралувчи гуруҳлар фаоллашувидан хавотирланмоқда.

Xitoydan Eronga uchirilgan «sirli» samolyotlar radardan g‘oyib bo‘lgan

The Telegraph нашрига кўра, Хитой Эронга камида учта юк самолёти жўнатган. Улар мамлакат ҳаво ҳудудига яқинлашганда радарлардан йўқолган. Бундай ҳаракат Исроилнинг ҳужумлари фонида жиддий шубҳалар уйғотмоқда.

Turk samolyotlari Isroilni himoya qilayotgani rad etildi

Ижтимоий тармоқларда турк самолётлари Исроилни ҳимоя қилиш масъулиятини ўз зиммасига олгани ҳақида маълумотлар пайдо бўлди.

Jizzaxda er qidirayotgan 8 nafar qizga tushuntirish ishlari olib borildi

Ижтимоий тармоқларда тарқалган видеода 8 нафар қиз келин либосида “Эр керак” деб ёзилган плакатлар билан марказий кўчаларни айланиб юргани акс эттирилган.

Toshkentda erkak ayolini benzin sepib, yoqib yubordi

Маълум қилинишича, 42 ёшли эркак аёли билан доимий тарзда жанжаллашиб келган.

Turkmanistondagi “Jahannam darvozasi” yonishdan to‘xtamoqda

Айни пайтда сайёҳлар “Жаҳаннам дарвозаси”ни кўришга интилмоқда

Rossiyaning Shvesiyadagi savdo vakolatxonasiga dron yordamida bo‘yoq solingan paket tashlab ketildi

Шуни қайд этишга мажбурмизки, Швеция ҳукумати яна бир бор ўзининг халқаро-ҳуқуқий мажбуриятларини бажара олмаган

Tramp Eronning havo hujumlari to‘liq nazoratga olinganini ma’lum qildi

“Энди биз Эроннинг ҳаво фазоси устидан тўлиқ ва мутлақ назоратга эгамиз”, - деди у.

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yaqinida ikki tankerning to‘qnashuvidan so‘ng ularda yong‘in yuzaga keldi

Унинг суғуртачиси ҳақида маълумот тармоқ базаларида мавжуд эмас.

Tramp Isroilning rejasiga keskin qarshi chiqmoqda

Бу ҳақда Axios манбаси хабар берди.

G‘arbiy Eronga yangi aviahujumlar amalga oshirildi

Телевидениянинг маълум қилишича, Исроил ҳарбийлари вакили (номи ошкор этилмаган) ҳужумлар амалга оширилганини тасдиқлаган.

Исроил Натанз ядровий заводидаги центрифугаларни йўқ қилди

Исроилнинг 13 июн куни амалга оширган ҳаво ҳужумлари натижасида Натанзда жойлашган асосий ядровий заводидаги уранни бойитиш центрифугалари бутунлай йўқ қилинган бўлиши мумкин. АЭХА бу ҳодисани радиацион ва кимёвий ифлосланиш келтириб чиқарган жиддий авария сифатида баҳоламоқда.

Пентагон Яқин Шарққа қўшимча ҳарбий кучлар юбормоқда

АҚШ мудофаа вазири Пит Хегсет Яқин Шарқдаги марказий ҳарбий округ ҳудудига қўшимча ҳарбий кучлар ва воситалар юборилишини маълум қилди. Бу қарор Америка қўшинларини ҳимоя қилиш мақсадида қабул қилинган.

Исроил Теҳронда яна бир расмий шахсга ҳужум уюштирди

Clash Report нашрига кўра, Теҳроннинг шимолий қисмидаги ракета ҳужуми маҳаллий расмийлардан бири яшайдиган уйга тўғри келган.

21 мусулмон давлати Исроилнинг Эронга қарши ҳаво ҳужумларини қоралади

Миср давлатига қарашли MENA ахборот агентлиги хабар беришича, бу қўшма баёнот 16 июнь куни, Миср ташқи ишлар вазири Бадр Абделатти ташаббуси билан, Яқин Шарқ, Шимолий Африка ва Жанубий Осиёдаги ҳамкасблари билан кенгашлардан сўнг эълон қилинган.

Исроил Эрон раҳбари Ҳоманаийнинг яқинларини бирма-бир йўқ қилмоқда

86 ёшли Олий раҳбар Оятулло Али Ҳоманаий борган сари яккаланаётгани кўзга ташланмоқда. Унинг асосий ҳарбий ва хавфсизлик маслаҳатчилари Исроилнинг ҳаво ҳужумлари натижасида ҳалок бўлган, бу эса унинг яқин маслаҳатчилар доирасида катта бўшлиқ қолдириб, стратегик хато қилиш эҳтимолини оширмоқда.

Исроил ва Эрон ўртасидаги қуролли тўқнашувлар юзасидан Ўзбекистон фуқароларига мурожаат ​​​​​​​

Ташқи ишлар вазирлиги Исроил ва Эрон ўртасидаги қуролли тўқнашувлар борасида юртдошларимизга мурожаат йўллади.

Москвадаги адвокат мижозини квартира учун ўлдириб, жасадини ҳайвонлар кремацияси печида ёқиб юборди

Жиноятдан сўнг Зуев шериги билан бирга ўлдирилган одамнинг жасадини ўзига тегишли чорвачилик фермасида ҳайвонлар учун мўлжалланган кремация печида ёқиб юборган.

"Толибон" Термиздеги бозорга 40 ёшгача бўлган аёллар киришини тақиқлади

Бу ҳақда маҳаллий сотувчилар хабар беришган.

Эрон Исроилга эрталабгача ҳужум қилади — манба

Бу ҳақда Ислом Инқилоби Қўриқчилари Корпуси (ИИҚК) хабар берди, деб маълум қилади Fars агентлиги.

Генераллардан то Трампгача: Нетаньяху кимнинг сўзини тинглаяпти?

Исроил тарихидаги энг кўп хизмат қилган бош вазирнинг сиёсий фаолияти унинг шахсий миссияси — Исломий Республика Эрондан келаётган таҳдидлар ҳақида дунёга огоҳлик бериш билан белгиланган.

Эронлик қиз ноласи: "Илтимос, гўзал Теҳронимни Ғазога айлантирманг"

BBC.com нашри Эрон фуқароларининг ички кечинмалари ва фикрлари билан ўртоқлашди. Қуйида шу мақолани эътиборингизга ҳавола қиламиз.

"Эрон эса ақлли ўйнамоқда..."

Янги Зеландиялик профессор Саймонс Исроилнинг Эронни енгиш имконияти йўқлиги ҳақида гапирди.

Исроил Эрон давлат телевидениеси офисига ҳужум уюштирди

Аввалроқ, Исроил мудофаа вазири режалаштирилаётган ҳужум ҳақида ишора қилиб, “Эроннинг тарғибот минбари йўқ бўлиш ёқасида турибди”, деган эди

Эрон биринчи марта Исроилга чинакам қаттиқ зарба бериши мумкин

Шу билан бирга, Эрон расмийлари агар Тел-Авив агрессиясини тўхтатмаса, Теҳрон ҳарбий бўлмаган объектларни ҳам бомбардимон қилишни бошлаши мумкинлигини айтган

Ҳиндистонда кўприк қулаши натижасида сайёҳлар ҳалок бўлди

Қулаш оқибатида яна бир неча киши чўкиб ҳалок бўлгани тахмин қилинмоқда. 39 киши қутқариб олинган.

Буюк Британиянинг Лондон шаҳри рапид ва блиц йўналишлари бўйича ўтказилган жамоавий Жаҳон чемпионатига мезбонлик қилди.

Бир вақтлар бутун дунёда имкониятлар юрти сифатида таниқли бўлган Америка Қўшма Штатлари энди айрим хорижликлар учун хавфли ва исталмаган жой сифатида кўрилмоқда.

Эроннинг Исроилга уюштирган сўнгги ҳужуми қурбонлари сони беш нафарга етди

Эроннинг Исроил марказига қилган сўнгги ҳужуми оқибатида камида беш киши ҳалок бўлди. Бу ҳақда N12 телеканали хабар бермоқда.

БМТ глобал гуманитар ёрдам дастурини кескин қисқартирди

Дунёдаги кризис ўчоқларида эҳтиёж ошиб бораётган бир пайтда, БМТ молия етишмаслиги сабабли ёрдам дастурларини қисқартиришга мажбур бўлди. Гуманитар муассасалар таъбири билан айтганда, «эшитилмаган даражадаги молиявий танқислик» қарорлар қабул қилишда оғриқли танловларга олиб келмоқда.

Исроил Ғазода алоқа инфратузилмасини мақсадли равишда йўқ қилмоқда

Бу ҳақда Ғазо секторидаги ҳукуматнинг расмий Медиаофиси баёнот берди.

Кремль Нетаньяхунинг баёнотига жавоб қайтарди: “Исроил ҳаракатларини қоралаймиз”

Россия президенти матбуот котиби Дмитрий Песков Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяхунинг Эрондаги ҳокимият ўзгариши ва Исроилнинг ҳужумлари ўртасидаги боғлиқлик ҳақидаги баёнотига муносабат билдирди.

Украина Татаристондаги дрон заводига зарба берди

Бу ҳужум Украина чегарасидан қарийб 1000 км узоқда амалга оширилган. Украина Бош штабига кўра, ушбу заводда Эронда ишлаб чиқилган «Шаҳид» дронлари йиғилади, синаб кўрилади ва Украина ҳудудига, айниқса, энергетика ва фуқаролик инфратузилмасига қарши қўлланилади.

Асалари чақиши миллиардeрни ўлдирди: БАА шифокорлари ҳашарот кам учрайдиган юрак хавфларига сабаб бўлиши ҳақида огоҳлантирмоқда

Ҳиндистонлик саноатчи ва Sona Comstar компаниясининг раиси Сунжай Капурнинг вафоти асалари чақиши натижасида юзага келган юрак хуружидан келиб чиққан бўлиши мумкинлиги ҳақида хабарлар тарқалди.

Исроил элчиси: "Эроннинг хоҳиш ва имкониятларини йўқ қилмагунча уруш тугамайди"

Бу ҳақда ТАСС хабар берди.

Макрон: "Россия Исроил — Эрон можаросини ҳал қилади? Унинг ўзи бузғунчи-ку!"

Франция президенти Эмманюуэль Макрон АҚШ президенти Дональд Трамп таклиф қилган Россиянинг Исроил ва Эрон ўртасида воситачилик қилиши ғоясига қарши чиқди.

Эронга қўшни давлатлар хавотирда. Улар нимадан қўрқмоқда?

Бу ҳақда Bloomberg агентлиги юқори мартабали манбаларга таяниб хабар бермоқда.

Украина ва Европа Россияга қарши қонли "операция" тайёрламоқда — манба

Ҳозирда Киев британияликлар билан биргаликда Болтиқ денгизи ҳудудида провокациялар тайёрламоқда.

Исроил Эронга қарши уруш учун Россиянинг хатоларини ўрганди — WSJ

The Wall Street Journal ёзишича, Исроилнинг Эронга қарши ҳарбий кампанияси Россиянинг хатолари ва Украинадаги муваффақиятларни ҳисобга олган.

Расман! Кабул Дусовга якуний суд ҳукми эълон қилинди

Бугун жиноят ишлари бўйича Шайхонтоҳур туман судида К. Дусовга (1984 йилда Самарқанд вилоятида туғилган, муқаддам судланган) оид жиноят ишини кўриб чиқиш бўйича очиқ суд жараёни якунланиб, суд ҳукми эълон қилинди.

Яқин шарқдаги можаролар фонида олтин нархи рекорд кўрсаткичга яқинлашмоқда

15 июнь куни қимматбаҳо металл нархи троя унцияси учун 3 450 долларга чиқиб, апрелдаги рекордга яқинлашди ва 1 грамм учун нарх 110 доллар атрофида бўлган. Хусусан, 12 июн ҳолатига олтин нархи ўтган йилга нисбатан қарийб 30 фоизга ошган.

Туркманистон АҚШнинг қарорини "нотўғри қадам" дея баҳолади

Туркманистон ташқи ишлар вазирлиги АҚШнинг Туркманистон фуқароларига мамлакатга киришни қисман тақиқлашига катта ҳайрат ва ташвиш билдирмоқда.

Исроил ғазабда: Парижда Исроилнинг тўртта асосий қурол стенди ёпилди

Бу қарор Исроил томонидан қаттиқ танқид қилинди ва икки анъанавий иттифоқчи давлат ўртасида кескинлашиб бораётган муносабатларни янада ойдинлаштирди.

Оятуллоҳ Ҳоманаий Исроил зарбаларидан сўнг оила аъзолари билан бирга бункерга кўчирилди

Оппозицион Эрон нашри Iran International маълумотига кўра, ушбу бункер Лавизон туманида жойлашган.

Дубайдаги жанжалда Ўзбекистон фуқаролари ҳалок бўлди

Дубай жамоат прокуратураси апрель ойида Дубайдаги бир бензин станциясида юз берган икки гуруҳ ўртасидаги жанжал бўйича тергов олиб бормоқда.

Эроннинг ҳужумидан сўнг Исроилда ўлган яҳудийлар сони ортиб бормоқда

Бу ҳақда табиий офат қурбонларини аниқлаш ташкилоти (ZAKA) маълум қилди.

Исроил Эроннинг Машҳад аэропортида ёнилғи қуяётган самолётга ҳужум қилди (видео)

Бу ҳақда Исроил армияси матбуот хизмати хабар тарқатди.

Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси разведка бошлиғи ва ўринбосари Исроил ҳужумларидан кейин вайроналар остида қолиб кетди

Бу ҳақда Iran International телеканали хабар берди.

Дрон ҳужуми: Қозон ва Нижнекамск аэропортлари вақтинча ёпилди

Унинг қўшимча қилишича, Ижевск аэропортида ҳам чекловлар жорий этилган.

Исроилда беш нафар Украина фуқароси ҳалок бўлди

Украина консуллиги қурбонларнинг шахсини аниқлаш учун Исроил полицияси билан ҳамкорлик қилмоқда.

Ҳиндистонда вертолёт ҳалокатга учради

Хабарга кўра, ҳалокатга ноқулай об-ҳаво шароити сабаб бўлиши мумкин. Воқеа жойида қутқарув хизматлари ва полиция ишламоқда.

Нетаняҳу Эрон разведкаси бошлиғи Муҳаммад Козимийнинг йўқ қилинганини тасдиқлади

Бу ҳақда Исроил бош вазири Бинямин Нетаняху Fox News каналига берган интервьюсида маълум қилди.