Tojikistonda tamaki zavodi quriladi

Tojikistonda tamaki zavodi quriladi

Tojikiston janubidagi “Dang‘ara” erkin iqtisodiy zonasida tamaki ishlab chiqarish korxonasi quriladi. Bu haqda respublika Investisiyalar va davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi xabar berdi.

Tamaki korxonasini qurish va foydalanishga topshirishga 20 million dollar miqdorida sarmoya kiritiladi.

“Dang‘ara”da ishlab chiqarish o‘zlashtirilgach, 80 ga yaqin yangi ish o‘rni paydo bo‘ladi.

Yangi ishlab chiqarishni ishga tushirish 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan mamlakatni jadal sanoatlashtirish dasturini ishlab chiqishga yordam beradi – bu davlatning to‘rtta strategik maqsadidan biridir.

Ob’ektni qurish va foydalanishga topshirish muddatlari hozircha aytilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!