Tojikistonda cho‘pon va qo‘ylar podasini chaqmoq urdi

Tojikistonda cho‘pon va qo‘ylar podasini chaqmoq urdi

13 iyun kuni Tojikistonning Xatlon viloyati, Sangvor tumanida cho‘pon va qo‘ylar podasi yashin urishi oqibatida nobud bo‘ldi.

Fojia Qoroshura shahrida (dengiz sathidan 3500-3700 metr balandlikda) joylashgan yozgi yaylovda kuchli jala paytida sodir bo‘lgan. Xatlon viloyati Do‘sti tumanida yashovchi uch nafar cho‘pondan biri chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘lgan.

– Cho‘ponlar chodir qurib, elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun unga quyosh fotoelektr paneli (quyosh panellari) o‘rnatgan. Ular bo‘ron paytida panellarni olib qo‘ymagan. Oqibatda chaqmoq aynan panellarga urgan. Cho‘ponlar turli tan jarohati olgan, ulardan biri hodisa joyida halok bo‘lgan», deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi (FVQ).

Shuningdek, chaqmoq urishi oqibatida 200 boshga yaqin mayda shoxli hayvonlar ham nobud bo‘lgan.

FVQ aholidan noqulay ob-havo sharoitida barcha qoidalarga rioya qilishni so‘ragan. Qayd qilinishicha, chaqmoq yomg‘ir yog‘ayotgan joydan o‘n kilometr masofagacha paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, yomg‘irdan keyin boshpanani tark etishga shoshilmaslik kerak. Chaqmoq urishi xavfi momaqaldiroq ovozlari to‘xtaguncha saqlanib qoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!