Tojikistonda bolalar orasida koronavirus bilan kasallanish holatlari kuzatilmoqda, biroq o‘lim holati qayd etilmagan. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligidagi manba xabar berdi.
Manba tomonidan ma’lum qilinishicha, voyaga yetmaganlar orasida koronavirus bilan kasallanganlarning soni ko‘p emas. Biroq nashr manbasi ularning soniga aniqlik kiritmagan.
«Biz kasallikni bolalar orasida kamdan kam hollarda ro‘yxatdan o‘tkazyapmiz, o‘lim yo‘q. Bolalar bu kasallikni yengil o‘tkazadi. Kasal odamlar bilan aloqada bo‘lgan yoki alomatlari bo‘lgan bolalar tekshiruvdan o‘tkazilishi kerak. Koronavirus tekshiruvi bepul. Bundan tashqari, ushbu bolalarning ota-onalari bilan tushuntirish ishlarini olib boramiz», — deya ma’lum qilingan manbada.
Bundan tashqari, shifoxonalarda koronavirus alomatlari bilan kasallangan bolalar ko‘pligi haqidagi mish-mishlar rad etilgan.
Tojikistonda 25 sentyabr holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 9562 kishiga etgan. Bir sutka ichida 42 ta yangi holat ro‘yxatga olingan, 45 kishi kasallikdan tuzalgan va tuzalganlarning umumiy soni 8341 kishini tashkil qilmoqda. Shu paytga qadar mamlakatda 74 kishi koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, Tojikiston ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 17 avgustdan boshlangan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Жорий йилнинг 4 февралида Статистика агентлиги «2024 йил декабр ойида ўтган йилнинг май ойига нисбатан ҳисобланган истеъмол нархлари индексидан келиб чиқиб, 2025 йил учун ҳисобланган минимал истеъмол харажатлари (МИХ) қиймати бир ойда киши бошига 669 минг сўмни ташкил этгани»ни маълум қилди.
Музокаралар томони ҳатто имзоланган келишувларни ҳам бажармаётган вазиятда Москва қандай ҳаракат қилиши керак?" деган саволга жавоб берар экан, Песков шундай деди...
Франция ва Британия аллақачон Украинага юборилиши мумкин бўлган 25 минг кишилик ҳарбий контингентни тўплаганини Олий Рада депутати Алексей Гончаренко маълум қилди.
Ушбу экспертиза хулосасида қайд этилишича, фуқаро Г.Х. ақлий заифлик енгил даражаси билан хасталанган ҳамда ҳуқуқбузарликни содир этган вақтда ўз ҳаракатларига жавоб бера олмаган.
Россиянинг Порт-Судан яқинида ҳарбий-денгиз базасини ташкил этиш режаси собиқ президент Умар ал-Башир давридан, 2019 йилдан бери ишлаб чиқилаётган бўлиб, дастлабки келишув 2020 йил ноябрда имзоланган.