Toj Mahal sayyohlar uchun ochildi. Bu tarixdagi eng uzoq yopilish bo‘ldi

Toj Mahal sayyohlar uchun ochildi. Bu tarixdagi eng uzoq yopilish bo‘ldi

Toj Mahal 6 oylik karantin cheklovlaridan so‘ng 21 sentyabrdan yana ochildi. Bu tarixiy ob’ektga endi kuniga 5 ming turist tashrif buyurishi mumkin.

Toj Mahal Hindiston qat’iy karantinga kirgan mart oyida yopilgan edi. Pandemiyadan oldin bu yerga kuniga 70 ming turist tashrif buyurgan.

BBC nashrining yozishicha, ayni paytda Hindistonda koronavirus tarqalish ko‘rsatkichi yuqori ekani bois Toj Mahalga keluvchilar karantin qoidalariga rioya qilishlari talab etiladi.

Toj Mahal oxirgi marta 1978 yilda Agrada suv toshqinlari kuzatilganda qisqa muddatga yopilgan edi. Undan oldinroq 1971 yili Hindiston-Pokiston urushi yuz berganida bir necha kungagina faoliyat yuritmagan xolos. Karantin cheklovlari tufayli olti oy mobaynida yopiq turishi Toj Mahal tarixidagi eng uzoq muddat bo‘ldi.

Toj Mahalning kirish qismi ertalab sakkizda ochilishdan oldin dezinfeksiyalanadi. Xodimlarning barchasi yuzni himoyalovchi vositalar bilan himoyalangan. Toj Mahalga keluvchilar esa tana harorati o‘lchangach ichkariga kiritiladi. Ulardan chipta to‘lovlarini imkon qadar onlayn amalga oshirish so‘ralmoqda.

Tarixiy yodgorlikda ijtimoiy masofa saqlash qoidalariga rioya qilish aytilmoqda. “Selfi”ga tushishga ruxsat berilgan, lekin guruh bo‘lib rasmga tushish taqiqlangan.

Ayni paytda Hindiston koronavirus holatlari qayd etilishi bo‘yicha dunyoda AQShdan keyingi ikkinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda shu paytga qadar 5,5 millionga yaqin holat qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!