Tishlarni pasta va shyotkasiz yuvish usuli kashf etildi

Tishlarni pasta va shyotkasiz yuvish usuli kashf etildi

Xitoylik tadqiqotchilar og‘iz bo‘shlig‘ini tish pastasi va shyotkasiz yuvish usulini kashf etishdi.

Ma’lumot berilishicha, texnologiya gidrogel plyonka ko‘rinishida bo‘lib, tishlarga zarar yetkazmagan holda ularni tozalash imkonini beradi. Preparat vismut oksixlorid nanoqismlari, mis oksidi, natriy alginatidan iborat.

Olimlar tajriba davomida qahva, choy, sharbat, soya sousi bilan oldindan bo‘yalgan tish namunalariga gidrogel vositasida ta’sir ko‘rsatildi. Tozalashdan so‘ng tishlar yanada yorqinroq ko‘rinish olgan hamda emal zarar ko‘rmagan. Boshqa sinovlar esa ularning prepartalari og‘ish bo‘shlig‘idagi 94 foiz bakterialarni bartaraf etishini tasdiqladi.

2022 yilning iyul oyida Pensilvaniya universiteti olimlari tish yuvadigan mikrorobotlarni namoyish etgandi, deyiladi lenta.ru saytida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!