Tinglang! Yuriy Shatunovning taqdim qilishga ulgurmagan so‘nggi qo‘shig‘i (VIDEO)

Tinglang! Yuriy Shatunovning taqdim qilishga ulgurmagan so‘nggi qo‘shig‘i (VIDEO)

"Laskovogo maya" guruhining sobiq solisti Yuriy Shatunovning qarindoshlari uning so‘nggi qo‘shig‘ini — xonanda hayoti davomida chiqarishga ulgurmagan "Kajdomu svoYE" qo‘shig‘ini chiqarishdi, deya xabar beradi StarXit.

Yangi kompozisiyaning premyerasi uning dafn marosimining ertasiga bo‘lib o‘tdi.

Ijrochi o‘limidan bir necha hafta oldin qo‘shiq ustida ishlashni tugatgandi. Ushbu kompozisiya Shatunovning kelajakdagi albomiga kiritilishi kerak edi, ammo endi ular uni alohida chiqarishga qaror qilishdi.

Video Shatunovning YouTube'dagi rasmiy kanalida 29 iyun kuni paydo bo‘ldi. Bir necha soat ichida trek yarim milliondan ortiq ko‘rildi.

Eslatib o‘tamiz, Yuriy Shatunov 22 iyundan 23 iyunga o‘tar kechasi o‘tkir yurak yetishmovchiligi natijasida Moskvadagi kasalxonada vafot etdi. Xonanda 48 yoshda edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!