— Turmushimdan ajrashganman, uyga kiritib qo‘yish haqida sud qarori bor, ammo “xona kam” degan vaj bilan kiritishmagan. Haqimni talab qilaverganim uchun qaynonam sudda «ikki xonali uy solib beramiz», deb tilxat yozib bergandi. Ammo yarim yildan buyon na uyga kiritadi, na so‘zida turadi. Qo‘limdagi tilxat bilan yana sudga murojaat qilsam bo‘ladimi?
Ismi sir tutildi.
Durdona Abduqaxarova, Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi:
— Qaynonangizning tilxat yozib berganligi asosida sudga unga nisbatan “ikki xonali uy solib berish” majburiyatini yuklash haqidagi da’vo ariza bilan sudga murojaat qilishingiz mumkin.
Ushbu tilxat maqbul dalil bo‘lishiga sud baho beradi.
FPKning 251-moddasining birinchi qismiga asosan, sud hal qiluv qarorini qabul qilayotganida dalillarga baho beradi, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan qanday holatlar aniqlanganligini va qandaylari aniqlanmaganligini, bu ish bo‘yicha qanday qonun yoki boshqa qonunchilik hujjati qo‘llanilishi kerakligini hamda arz qilingan talab qanoatlantirilishi lozimligini yoki lozim emasligini aniqlaydi.
Shunday bo‘lsa-da, uyga kiritib qo‘yish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha ijro ishi yuritish yangidan tiklash haqida tegishli Majburiy ijro byurosiga murojaat qilishingiz tavsiya etiladi.
Uy kamligi va janjal qilaverishi oqibatida uyga kirib yashash huquqidan siz mahrum bo‘lmoqdasiz.
Uyga kirib yashasangizgina qaynonangiz sizga ikki xonali uy solib berishi mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunning 74-moddasiga ko‘ra, undiruvchini ko‘chirib kiritish to‘g‘risidagi ijro hujjati ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun davlat ijrochisi belgilagan muddatda ijro etilmagan taqdirda, ko‘chirib kiritish davlat ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi.
Ko‘chirib kiritish davlat ijrochisi tomonidan undiruvchining ijro hujjatida ko‘rsatilgan xonaga moneliksiz kirishini va unda yashashini ta’minlashdan iborat bo‘ladi. Bunda qarzdorga majburiy ko‘chirib kiritish amalga oshirilayotgani va u undiruvchining yashashiga monelik qilmasligi shart ekanligi tushuntiriladi.
Undiruvchini ko‘chirib kiritish to‘g‘risidagi ijro hujjatining ijro etilishiga qarzdor monelik qilgan taqdirda, ijro harakatlari xolislar ishtirokida, zarur hollarda esa – ichki ishlar organlari xodimlarining ko‘magida amalga oshiriladi. Undiruvchining yashashiga monelik qilish keyinchalik ham davom etsa, mazkur harakatlar yana amalga oshiriladi va qonunda nazarda tutilgan javobgarlik choralari qo‘llaniladi.
Undiruvchini ko‘chirib kiritish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish davlat ijrochisi tomonidan ko‘chirib kiritish to‘g‘risida dalolatnoma tuzish orqali rasmiylashtiriladi.
Agar undiruvchining tegishli xonadan har kuni moneliksiz foydalanish imkoniyati ta’minlangan bo‘lsa, ijro hujjati ijro etilgan hisoblanadi.
Agar undiruvchini ko‘chirib kiritish to‘g‘risida dalolatnoma tuzilganidan keyin qarzdor undiruvchining yashashiga yana monelik qilsa, ijro hujjati bo‘yicha ijro ishi yuritish yangidan tiklanishi mumkin.
Ijro hujjati bo‘yicha qarzdor bo‘lmagan shaxs undiruvchining yashashiga monelik qilsa, ijro ishi yuritish qayta tiklanmaydi. Bunday holda ko‘chirib kiritish to‘g‘risidagi masala sud tartibida hal qilinadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.
ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди.
Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.