Tezkor: Sirdaryodagi maktablarning birida o‘quvchilar orasida koronavirus aniqlangan

Tezkor: Sirdaryodagi maktablarning birida o‘quvchilar orasida koronavirus aniqlangan

«Sirdaryo Xabarlari»ga @SirdaryoBOT orqali xabar berilishicha, Guliston shahar 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari orasida koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi, shu bois ushbu maktabning ayrim o‘quvchilari masofaviy ta’limga o‘tkazilayotganligi aytilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur holat yuzasidan xozircha rasmiylar tomonidan ma’lumot berilmadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, 2021 yil 16 aprel kuni yangi kasallanish holatlarining 3 nafari Sirdaryo viloyatida  koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!