Tezkor: Qamchiq dovonida qor va muzlama

Tezkor: Qamchiq dovonida qor va muzlama

Olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, ayni damda Qamchiq dovoni qor va muzlama bilan qoplangan. Bu haqida "Shopirlar" telegram kanaliga yuborilgan bir necha videolavhalarda xabarqilingan. 

"Perevalda axvol chatoq!!! ugun 24 fevral 09:40 dagi xolat. Kuchli qorbo‘ron va muzlama. Moshinalar tepaga chiqa olmayapti, yo‘lovchilar surib ketishyapti!. Damaslar chiqolmayapti", - deyilgan xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, Qamchiq dovonidan O‘zbekiston Favquldda vaziyatlar vazirligining maxsus bo‘linmasi 24 soat navbatchilik qiladi. Shuningdek, yo‘lda qolgan yo‘lovchilar uchun isinish xonalari va masjid ham bor. 

“Qamchiq” Maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismi: (95) 146-87-08, (95)300-05-22 (70) 662-72-49, (71) 212-70-07, (99) 837-29-38, 10-50.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!