Tezkor: Alisher Usmonovning samolyoti Toshkentga qo‘ndi

A A A
Tezkor: Alisher Usmonovning samolyoti Toshkentga qo‘ndi

Bugun, 3 dekabr kuni bort raqami M-IABU bo‘lgan Airbus 340 samolyoti poytaxtimizning I. Karimova nomidagi xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda "Toshkent osmonidan xabarlar" telegram-kanalida ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu samolyot USM Holdings asoschisi, Xalqaro qilichbozlik federasiyasi (FIYE) prezidenti Alisher Burxanovich Usmonovga tegishli. Telegram kanalida aytilishicha, samolyot Myunxendagi Frans Yozef Strauss xalqaro aeroportidan parvoz qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!