Tez yordam brigadalarining asosiy vaqti manzilni topishga sarflanmoqda

Tez yordam brigadalarining asosiy vaqti manzilni topishga sarflanmoqda

Yig‘ilishda Toshkent shahrida tez tibbiy yordam yagona tizimga birlashtirilib, raqamlashtirilgani, lekin hududlarda bu ishlar boshlanmagani qayd etildi.

“Tez tibbiy yordam mashinalarida zamonaviy navigasiya jihozlarining yo‘qligi, 10 mingta ko‘chalarga haligacha nom, 500 mingga yaqin uylarga raqam berilmagani uchun tez yordam brigadalarining asosiy vaqti manzilni topishga sarflanmoqda.

Shu bilan birga, tuman darajasida shoshilinch tibbiy yordam tizimi samarali yo‘lga qo‘yilmagan.

Jumladan, tuman shifoxonasida terapiya, pediatriya va xirurgiya yo‘nalishida ham rejali, ham shoshilinch bo‘limlar mavjud va ular bir-birini takrorlaydi.

Buning natijasida shoshilinch operasiyani bir bo‘limda, uning kelgusidagi davolanishi boshqa bo‘limda o‘tkazilmoqda. Oqibatda bemor sarson, shifokorlar esa qo‘shimcha qog‘ozbozlik bilan ovora”, dedi Prezident.

Barcha viloyat, tuman va shahar hokimlariga bu masalani ichiga shaxsan kirib, ushbu samarasiz amaliyotdan to‘liq voz kechish choralarini ko‘rish topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!