Tez tibbiy yordam tizimidagi barcha “Damas” va boshqa eskirgan mashinalar zamonaviy avtomobillarga almashtiriladi

Tez tibbiy yordam tizimidagi barcha “Damas” va boshqa eskirgan mashinalar zamonaviy avtomobillarga almashtiriladi

Shuningdek, yil yakuniga qadar 10 mingta ko‘chaga nom berish ishlarini yakunlash topshirildi.

Mutasaddilarga yil yakuniga qadar O‘zbekistonning elektron raqamli xaritasini ishga tushirib, barcha shoshilinch xizmatlar bilan integrasiya qilish topshirildi.

2022–2025 yillarda tez tibbiy yordam tizimidagi barcha “Damas” va boshqa eskirgan mashinalar zamonaviy avtomobillarga almashtiriladi.

Xususan, 2022 yilda 890 ta, 2023 yildan boshlab har yili 450 tadan yangi avtomobil, jumladan, reanimasiya mashinalari olib beriladi. Barcha tez yordam transportlari navigasiya tizimiga ulanadi.

Bu maqsadlar uchun tez tibbiy yordamga byudjetdan ajratilayotgan mablag‘larni ochiq-oshkora sarflash tizimini yaratish, iqtisod qilingan mablag‘larni transport parkini yangilashga yo‘naltirish zarur.

Natijada kelgusi 3 yilda tez tibbiy yordam avtoparki to‘liq yangilanadi.

Buning natijasida chaqiruvlarga yetib borish vaqti 3 barobarga qisqaradi.

“O‘zavtosanoat” oldiga joriy yilda olib berilishi lozim bo‘lgan mashinalarni o‘z vaqtida ishlab chiqarib, yetkazib berish vazifasi qo‘yildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!