Tesla avtomobillarini Bitcoin kriptovalyutasiga sotib olish mumkin bo‘ladi

Tesla avtomobillarini Bitcoin kriptovalyutasiga sotib olish mumkin bo‘ladi

Tesla kompaniyasi dushanba kuni Bitcoin kriptovalyutasiga $1,5 milliard miqdorda sarmoya kiritganini, hamda yaqin kelajakda avtomobil va boshqa mahsulotlarni bitcoinga sotish rejalari borligini ma’lum qildi.

Ushbu yangilikdan so‘ng Bitcoin qadri 10%ga ko‘tarildi va $44,000 ko‘rsatkichga yetdi. Seshanba tongida esa ushbu raqam $45,000ni qayd etdi. Ikki hafta oldin Ilon Maskning birgina #bitcoin heshtegi kriptovalyuta qadrining bir necha barobarga ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan edi.

Tesla vakillarining ta’kidlashicha, yangi to‘lov turlarining joriy qilinishi daromadni diversifikatsiyalashga yordam beradi. Shu bilan birga, kompaniya vaqti-vaqti bilan uzoq muddatli sarmoya sifatida Bitcoinni sotib olishi ma’lum bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!