Termizdagi istirohat bog‘ida bolalar o‘tirgan attraksion o‘rindig‘i sinib tushdi

Termizdagi istirohat bog‘ida bolalar o‘tirgan attraksion o‘rindig‘i sinib tushdi

Termiz shahrida Surxondaryo viloyati hokimligi ma’muriy binosi oldida joylashgan istirohat bog‘idagi attraksionning trosi uzilib ketishi oqibatida 5 nafar bola tan jarohati olgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi holatga izoh berdi.

Unga ko‘ra, Termiz shahri, “Tuproqqo‘rg‘on” MFY, Hakim at-Termiziy ko‘chasida joylashgan TERMIZ AVENUE PARK MCHJga qarashli “BOLAJON” nomli madaniyat va istirohat bog‘ida o‘rnatilgan “Quvnoq tepalik” attraksionidagi 4 kishilik o‘rindiq sinib, yerga qulab tushishi natijasida 4 nafar bola turli xil tan jarohati olgan.

Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 18 aprelda ro‘yxatga olingan amaldagi “Attraksionlardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish qoidalari”ga asosan:

  • ushbu bog‘dagi mazkur attraksion mavsum oldidan to‘liq texnik shahodat sinovlaridan o‘tkazilmagan (qoidaning 4-bob, 28-bandi);
  • attraksionni tayyorlash va uni texnik tekshiruvdan o‘tkazish uchun taqdim etish attraksionlarning soz holati va ulardan xavfsiz foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tayinlanmagan (qoidaning 4-bob, 31-bandi);
  • attraksionni mavsumga tayyorligi to‘g‘risidagi dalolatnoma tuzilmagan (qoidaning 4-bob, 34-bandi).

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi yagona nizomning bandi madaniyat va istirohat bog‘larida, shuningdek, boshqa ko‘ngilochar maskanlarda o‘rnatiladigan va foydalaniladigan attraksionlarda mavsum oldidan foydalanish uchun ruxsatnoma olinmagan.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish uchun Istirohat bog‘lari attraksionlarni nazorat qilish bo‘limi tomonidan ob’ektlar joyiga chiqib o‘rganiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!