Termizda harbiylar o‘rtasida viloyat hokimi sovrini uchun o‘tkazilgan tanlovlarning g‘oliblari taqdirlandi

Termizda harbiylar o‘rtasida viloyat hokimi sovrini uchun o‘tkazilgan tanlovlarning g‘oliblari taqdirlandi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugning Surxondaryo viloyatida xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilar o‘rtasida viloyat hokimi sovrini uchun “Amir Temur o‘g‘lonlari” va “Jaloliddin Manguberdi vorislari” nomli tanlovning g‘oliblarini taqdirlash marosimiga bag‘ishlangan tantanali tadbir Termiz shahrida joylashgan “Alpomish” sport majmuasida bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimi To‘ra Bobolov, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Zaynobiddin Iminov, okrug qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik Qodir Tursunov, mas’ul ofiserlar, viloyat jamoat tashkilot va muassasalari rahbariyati, faxriylar, sportchilar, o‘quvchi yoshlar, taniqli xonandalar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Marosimni viloyat hokimi To‘ra Bobolov ochib berib, Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarining “Kitobxonlik va kitob mutolaasi”, “Ot minish mahorati”, “Baxshichilik va dostonchilik” va “Tasviriy san’at” kabi 4 yo‘nalish bo‘yicha musobaqalardagi faol ishtiroki, yoshlarga Vatanni sevish, harbiy-vatanparvarlik, harbiy xizmatchilarning professionalizmi orqali yana bir karra o‘rnak bo‘lganini e’tirof etdi.

Shundan so‘ng, tantanali marosimning taqdirlash marosimi start oldi.

Bunga ko‘ra, “Kitobxonlik va kitob mutolaasi yo‘nalishida:

1-o‘rin – leytenant Jamshidbek Hoshimov;

2-o‘rin – katta leytenant Shoxruh Bobohusenov;

3-o‘rin – muddatli harbiy xizmat oddiy askari Mirzohid Shonazarov.

“Ot minish mahorati yo‘nalishida:

1-o‘rin – kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Islomjon Mamasoliyev;

2-o‘rin – kichik serjant Otabek Rajabov;

3-o‘rin – kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Navro‘z Erkinov.

“Baxshichilik va dostonchilik san’ati yo‘nalishida:

1-o‘rin – kapitan Aziz Matyoqubov;

2-o‘rin – kichik serjant Husniddin Ulug‘ov;

3-o‘rin – kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Salim To‘qsonov.

“Tasviriy san’at yo‘nalishida:

1-o‘rin – kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Yunusxo‘ja Boltaxo‘jayev;

2-o‘rin – serjant Sherzod Alitqulov;

3-o‘rin – kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Nargiza Nasriddinova.

G‘oliblar viloyat hokimining maxsus diplomi, pul mukofoti va  esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!