Tennis. O‘zbekiston terma jamoasi Devis kubogida Yaponiyani mag‘lub etdi

Tennis. O‘zbekiston terma jamoasi Devis kubogida Yaponiyani mag‘lub etdi

Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi “Davis Cup World Group I” musobaqasida yaponiyalik sportchilarni 3-1 hisobida mag‘lub etib, musobaqaning keyingi saralash bosqichiga yo‘l oldi. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

O‘zbekistonlik sportchilar yaponiyalik raqiblar bilan to‘rtta uchrashuvda uchta g‘alabani qo‘lga kiritib, quyidagi natijalarga erishdi:

Denis Istomin - Sho Shimabukuro (6:3, 6:7, 6:7);

Sergey Fomin - Shintaro Mochizuki (7:6, 7:6);

S.Fayziyev / D.Istomin – K.UYEsugi / Y.Vatanuki (3:6, 7:6(3), 6:2);

Sergey Fomin – Sho Shimabukuro (7:6(1), 7:5).

Musobqada 24 ta jamoa 12 juftlikka bo‘lingan. Har bir juftlik g‘oliblari asosiy jahon guruhining saralash bosqichida ishtirok etadi, mag‘lub bo‘lganlar esa 2023 yilda 1-jahon guruhining pley-off bosqichida qatnashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!