Tennis. Nigina Abduraimova rossiyalik raqibini mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

Tennis. Nigina Abduraimova rossiyalik raqibini mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

BAAning Dubay shahrida tennis bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida mukofot jamg‘armasi 100 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi xalqaro turnir o‘tkazilmoqda.

Qiziqarli bahslarga boy o‘tayotgan mazkur musobaqada hamyurtimiz Nigina Abduraimova 1/8 final uchrashuvida rossiyalik Yekaterina Makarovani 6:0, 2:6, 6:2 hisobida mag‘lub etdi. Bugun Niginaning yakkalik bahslari chorak finalidagi raqibi nomi ma’lum bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, N.Abduraimova Butunjahon xotin-qizlar tennis uyushmasi reyting jadvalida 245-pog‘onada bormoqda. Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi ushbu ro‘yxatda 2014 yili 144-o‘ringa qadar ko‘tarilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!