Tennis bo‘yicha barcha musobaqalar iyul oxirigacha bekor qilindi
Xalqaro tennis federasiyasi (ITF) koronavirus pandemiyasi sababli 31 iyulgacha barcha musobaqalar o‘tkazilishini bekor qildi. Bu haqda federasiya saytida ma’lum qilingan.
Xuddi shunday qarorni Professional tennischilar assosiasiyasi ((ATP) va Ayollar tennis assosiasiyasi (WTA) ham qabul qilgan.
Shu tariqa, erkaklar o‘rtasida Gamburg, Nyuport, Bostad, Los-Kabos, Gshtad, Umaga, Atlanta va Kisbyueldagi hamda ayollar o‘rtasida Buxarest, Lozanna, Palermo, Yurmala, Nyu-Xeyven va Karlsruedagi musobaqalar o‘z muddatida o‘tmaydi.
“Biz birinchi imkoniyat paydo bo‘lishi bilanoq musobaqalarni boshlash uchun barcha variantlarni o‘rganmoqdamiz. Shuningdek, turnirlarning kechroq muddatga ko‘chirilishi imkonini ko‘rib chiqmoqdamiz”, deb aytgan ATP rahbari Andrea Gaudensi.
Avvalroq 13 iyulgacha barcha tennis musobaqalari bekor qilingandi. Bu chora eng nufuzli musobaqalardan biri – Uimbldonni ham o‘z ichiga olgan. “Katta dubulg‘a” seriyasiga kiruvchi yana bir turnir – “Rolan Garros” bahordan kuzga ko‘chirilgandi. Shuningdek, AQSh ochiq chempionatini Nyu-Yorkdan Kaliforniyaning Indian-Uells shahriga ko‘chirish imkoniyati ko‘rilmoqda.