Telegramdagi firibgar ushlandi

Telegramdagi firibgar ushlandi

2023 yilning 18 yanvar kuni noma’lum shaxs «Telegram» ijtimoiy tarmog‘idagi «Shohruh invest» profili orqali Shofirkon tumani «Bobur» mahallasida yashovchi, T.A. bilan muloqotga kirishib, unga o‘zini investisiya bilan shug‘ullanuvchi broker sifatida tanishtirib, unga pullarini ko‘paytirib berishini aytib, jami 1.500.000 so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Shofirkon tumani Bobur mahallasida yashovchi 2005 yilda tug‘ilgan S.SH. sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!