Telegram rus tilidagi qator kanallarni blokladi

Telegram rus tilidagi qator kanallarni blokladi

Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov uning kompaniyasi Belarus bilan aloqador bir nechta rus tilidagi kanallarni Apple qoidalarini buzgani uchun blokladi.

«Kecha Apple talabi bilan iPhone/iPad’larda Belarus bilan aloqador bir nechta rus tilidagi kanallarni blokladik», — deb yozdi Durov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, yana bir nechta ana shunday kanallar ogohlantirish olgan.

Durov kanallar ma’murlari bunday ogohlantirishlarga jiddiy qarashi va qoida buzishlar qaytarilmasligiga harakat qilishlari kerakligini ta’kidladi.

Uning ogohlantirishicha, aks holda ularning kanallari Google Play va App Store orqali tarqatiladigan Telegram versiyalarida ham bloklanadi.

«Telegram qoidalari bo‘yicha zo‘ravonlikka ommaviy ravishda chaqirish taqiqlanadi. Qayta qoida buzish kanalning o‘chirilishiga olib keladi», — deb yozdi Telegram asoschisi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!