Teleboshlovchi semiz kishilarga o‘lishni taklif qildi

Teleboshlovchi semiz kishilarga o‘lishni taklif qildi

 Britaniyalik teleboshlovchi Maykl Byuyerk (Michael Buerk) semizlik bu kasallik emasligini ma’lum qildi. Shuning uchun ortiqcha vaznga ega bo‘lgan kishilarni davolashning xojati yo‘q. Bu haqda RIA Novosti Metro nashriga tayanib xabar qilmoqda.

“Siz semizsiz, chunki juda ko‘p yeysiz”, - deya yozgan jurnalist.

Uning so‘zlariga ko‘ra, semiz kishilar “xasta emas, balki zaifdir” va ularning o‘limi milliy sog‘liqni saqlash xizmatining pullarini saqlab qolishga imkon beradi.

Byuyerk uzoq umr ko‘rishni hayotning asosiy maqsadi qilishning aslo xojati yo‘qligini qo‘shimcha qilgan. Ortiqcha vaznga ega bo‘lganlarning erta hayotdan ko‘z yumishini demografik disbalansga qarshi kurashda “fidokorona qurbonlik” deb hisoblash mumkin.

Britaniya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, deyarli har uchinchi katta yoshdagilar va 11 yoshgacha bo‘lgan har beshinchi bola semizlik xastaligidan aziyat chekmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!