Tayvan Qurolli kuchlari bir sutkada Xitoy armiyasining 103 ta samolyoti orolga yaqinlashayotganini qayd etdi, bu yangi rekord. Bu haqda Tayvan Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“17 sentyabrdan 18 sentyabrgacha Tayvan atrofida Xitoy xalq ozodlik armiyasining 103 ta samolyoti va 9 ta kemasi aniqlandi. Samolyotlardan 40 tasi Tayvan bo‘g‘ozining o‘rta chizig‘ini kesib o‘tgan yoki Tayvanning janubi-g‘arbiy va janubi-sharqiy havo hujumidan mudofaa zonalariga kirgan”, — deyiladi xabarda.
Harbiy vazirlik Tayvan Qurolli kuchlari Xitoy armiyasining harakatini kuzatib turgani, samolyotlar va harbiy kemalar shay holatga keltirilganini ta’kidladi.
“XXO armiyasining davom etayotgan harbiy harakatlari keskinlikning kuchayishiga, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikning yomonlashishiga olib kelishi mumkin, biz Pekinni mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga va bir tomonlama buzg‘unchi harakatlarni darhol to‘xtatishga chaqiramiz”, — deb ta’kidladi Tayvan Mudofaa vazirligi.
O‘tgan yili yozda AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga tashrif buyurganidan beri Xitoy qo‘shinlari orolga muntazam yaqinlashmoqda. Xitoy tomoni Tayvanni o‘z hududi deb biladi, shu sababdan boshqa davlatlar rasmiylarining tashrifini orol mustaqilligini qo‘llab-quvvatlash sifatida baholaydi.
19 avgust kuni Xitoy harbiylari “separatistlar va xorijiy kuchlar” o‘rtasidagi “til biriktirishdan qattiq ogohlantirish” sifatida Tayvan atrofida mashg‘ulotlar boshladi. Bunga orol prezidentligiga nomzod, vise-prezident Lay Sindening Paragvayga safari chog‘ida qilgan bayonoti, so‘ng tranzitda AQShga to‘xtab o‘tgani sabab bo‘ldi.
“Tayvan allaqachon Xitoy respublikasi deb nomlangan suveren, mustaqil davlat. U Xitoy xalq respublikasi tarkibiga kirmaydi. Xitoy respublikasi va Xitoy xalq respublikasi bir-biriga bo‘ysunmaydi. Mustaqillik e’lon qilishning hojati yo‘q”, — degan Lay.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Расмий маълумотларга кўра, Умра визасига ариза беришнинг сўнгги куни – жорий йил 19 март, Саудия Арабистонига киришнинг сўнгги куни – 2 апрель, мамлакатни тарк этишнинг сўнгги куни эса – 18 апрель этиб белгиланган.
«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола Англия Премьер-лигасининг 27-туридан ўрин олган «Ньюкасл»га қарши ўйинда Рубен Диаш ўрнига Абдуқодир Ҳусановни тушириш борасидаги қарорига изоҳ берди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
Эрон ҳукумати сешанба куни талабалар намойишларини давом эттириши мумкинлигини маълум қилди, лекин миллий байроқ ва бошқа «муқаддас нарсалар»га нисбатан ҳурматсизлик қилиш каби «қизил чизиқ»дан ошмасликлари шарт.
Ҳолат юзасидан ҳоким ёрдамчисига нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 4-қисми “а” банди ва 28,211-моддаси 3-қисми “а” банди билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.
Президент Шавкат Мирзиёев ёшлар билан мулоқотда жазони ижро этиш муассасаларида жазо муддатини ўтаб бўлган ёшларнинг ижтимоий ҳаётга тез мослашишини таъминлаш муҳим эканлигини таъкидлади.
Украина ОАВлари манбаларига кўра, СБУ кечаси дронлар орқали Татарстандаги «Калейкино» нефть насос станциясига зарба берган. Ҳужум ортидан бир неча портлаш содир бўлган ва йирик ёнғин келиб чиққан.
The New York Times (NYT) маълумотига кўра, Европа Иттифоқи (ЕИ) Украинага молиявий ёрдамни тўсиб қўйди, ва бу жуда муҳим ва ҳассос бир пайтда содир бўлди.