Tashqi razvedka xizmati AQShning Slovakiyadagi ichki siyosiy vaziyatga aralashuvini e’lon qildi

Tashqi razvedka xizmati AQShning Slovakiyadagi ichki siyosiy vaziyatga aralashuvini e’lon qildi

Rossiya tashqi razvedka xizmati AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Slovakiyadagi ichki siyosiy vaziyatga aralashuvini kuchaytirganini ma’lum qildi.

Bu haqda Rossiya tashqi razvedka xizmati matbuot byurosi xabar berdi.

“Rossiya Federasiyasi Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Evgenevich Narishkin so‘nggi paytlarda Jo Bayden ma’muriyati Slovakiyadagi ichki siyosiy vaziyatga aralashuvini kuchaytirganini aytdi”, — deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, AQSh Davlat departamenti o‘zining bir qator yevropalik ittifoqchilariga saylovlar oldidan Slovakiyaning siyosiy va ishbilarmon doiralari bilan hamkorlik qilishga ko‘rsatma bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!